Qishda sochlarni sovuqdan himoya qilishning 8 usuli
Qishning sovuq ob-havosi sochlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Agar ular to‘g‘ri parvarish qilinmasa, yorqinligini yo‘qotadi, quriydi va mo‘rtlashadi. “Noviy ochag” nashri taqdim etgan maslahatlar kuz-qish davrida sochlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi.
Foto: “Noviy ochag”Bosh kiyim kiying
Sochni qor, shamol va yomg‘irdan saqlash lozim, ular soch tuzilishini siyraklashtiradi. Sochlar bosh kiyim ostida bo‘ysunmas holatga kelmasligi uchun fen bilan quritishdan oldin issiqdan himoya qiluvchi spreydan foydalanish mumkin.
Havoni namlantiruvchi uskunadan foydalaning
Sochga nafaqat sovuq ob-havo, balki isitish bilan jihozlangan kvartiralarning quruq havosi ham zararli. Xonada namlikni 40-50 foiz darajada ushlab turish orqali sochlarni sog‘lom saqlash mumkin.
Soch uchlarini kesib turing
Sochlar gullashining oldini olish uchun har 4-8 haftada ularni kesib turish kerak. Ko‘p kesish shart emas, soch turmagi yana yangi va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun 1-2 santimetr kifoya.
Suv haroratini pasaytiring
Ko‘chadan uyga qaytgandan keyin chindan ham dushda isinishni istasangiz, suvni iliqroq qilishni unutmang. Sochni iliq suv bilan yuvish va sovuq suvda chayish tavsiya etiladi. Issiq suv tolalarni namlikdan mahrum qiladi va yanada mo‘rt qiladi.
Fendan foydalanmang
Qishda sochlar ko‘proq quruqlikka moyil bo‘ladi. Fen tom ma’noda sochlardagi namlikni quritib, ularni sog‘lom porlashdan mahrum qiladi. Imkon bo‘lsa, sochlarni tabiiy ravishda quritishga harakat qilish lozim.
Nam sochlar bilan ko‘chaga chiqmang
Nam sochlar va sovuq ob-havo — bu salomatlik uchun juda xavfli. Garchi alomatlar darhol sochda sezilmasa ham, organizmda kuchli shamollash yuzaga kelishi mumkin. Qolaversa, fen bilan quritish unchalik foydali variant bo‘lmasa ham, qishda kasal bo‘lib qolishdan ko‘ra yaxshiroq.
Yog‘lardan foydalaning
Soch uchun kokos yoki argan kabi yog‘larga asoslangan kosmetikadan ko‘ra yaxshiroq himoya yo‘q. Sochni ortiqcha zo‘riqtirmasdan oziqlantirish uchun yengil tarkibga ega mahsulotlarni tanlash tavsiya etiladi.
Parvarishni oshiring
Namlantiruvchi niqob — qishda sochni parvarish qilishning asosiy usulidir. Kerakli natija uchun konditsionerdan foydalanish va haftada bir marta sochlarga niqob qo‘llash tavsiya etiladi.
Manba