Salomatlik Goʼzallik Bu vositani har qanday dorixonadan topish mumkin: Keyt Middlton yosh ko‘rinishi sirlari bilan bo‘lishdi

Bu vositani har qanday dorixonadan topish mumkin: Keyt Middlton yosh ko‘rinishi sirlari bilan bo‘lishdi

O'qildi: 343


Bu vositani har qanday dorixonadan topish mumkin: Keyt Middlton yosh ko‘rinishi sirlari bilan bo‘lishdi

Keyt Middlton butun dunyodagi millionlab ayollar uchun namuna hisblanadi. Uels malikasi ijtimoiy sohalarda faol ishtirok etadi, uch nafar farzandini tarbiyalaydi va hamisha kamchiliklardan holi ko‘rinishga harakat qiladi. Qolaversa, so‘nggi bir necha yil ichida Ketrin yanada go‘zallashganini ham payqash mumkin, deb yozadi The Symbol.

Foto: Pinterest

Gersoginya o‘zining parvarish masalasidagi tafsilotlari bilan kamdan-kam hollarda bo‘lishadi, ammo yaqinda uning go‘zallik borasidagi asosiy siri ma’lum bo‘ldi. Malika uchun abadiy yoshlik eliksiri — eng keng tarqalgan na’matak moyidan boshqa narsa emas. Ushbu tabiiy vosita butun dunyodagi kosmetologlar tomonidan faol qo‘llaniladi, u uzoq vaqtdan beri nafaqat Keytning, balki boshqa mashhur ayollar — Viktoriya Bekhem, Miranda Kerr va Kara Delevinning go‘zallik muolajasida ajralmas qismga aylangan.

Na’matak yog‘i nimasi bilan foydali?

Na’matak yog‘ining teri yoshligi va elastikligini saqlash uchun foydalari ilmiy jihatdan bir necha bor tasdiqlangan. Yosh o‘tib borishi bilan terining tabiiy himoya to‘sig‘i sezilarli darajada zaiflashadi, quruqlik, teri ko‘chishi, ajin va pigmentatsiyalar paydo bo‘ladi. Na’matak va urug‘lar o‘z ichiga olgan faol moddalar bu to‘siqni tiklaydi, yallig‘lanish jarayonlarining oldini oladi. Eng muhimi, 20 yoshga kelib sezilarli darajada sekinlashadigan kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Na’matak moyi antioksidantlarga juda boy bo‘lib, organizmni erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qilish va qarish jarayonini sekinlashtirish uchun zarurdir. Ushbu moyda 4 ta faol antioksidant birikmalar mavjud: flavonoidlar, C vitamini va karotinoidlarning bir nechta navlari, ular ichilganda A va E vitaminlariga aylanadi.

Bunday anti-eyj ingredientlarini o‘z ichiga olgan na’matak moyi qarishning tashqi belgilariga qarshi kurashda eng mashhur vositalardan biriga aylangani bejiz emas. Yog‘ni qarishga qarshi ta’sirga ega sivorotka va kremlarning bir qismi sifatida muntazam ravishda ishlatish terini namlaydi va oziqlantiradi, uning elastikligi va sog‘lom rangini tiklaydi, ajinlar va boshqa qarish belgilari paydo bo‘lishining oldini oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.