Darhol voz keching: kosmetik vositalarning muddati o‘tganligini qanday aniqlash mumkin?
Aksariyat ayollar yillar davomida ishlatadigan sevimli lab bo‘yog‘i, tonal kremi yoki ten palitrasiga ega. Shu tarzda kosmetikaning amal qilish muddati borligi unutiladi, afsuski, ularni uzoq vaqt qo‘llash xavflidir. Marie Claire nashri kosmetik mahsulotlarning muddati o‘tganini aniqlash uchun bir qancha foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Foto: Marie ClaireO‘ziga xos hidning paydo bo‘lishi
Qoidaga ko‘ra, barcha yangi kosmetika yengil yoqimli hidiga ega bo‘ladi yoki aksincha. Ammo agar mahsulot noodatiy yoqimsiz hidga ega bo‘lsa, bu mahsulotning yaroqlilik muddati tugaganligini va bunday mahsulotni ishlatish terida hech bo‘lmaganda yallig‘lanishga olib kelishi mumkinligini anglatadi. Eng yomon holatda, kuchli allergik reaksiya yoki infeksiya paydo bo‘lishi mumkin.
Xira ranglar
Vaqt o‘tishi bilan barcha dekorativ kosmetika havoda oksidlanish deb ataladigan kimyoviy reaksiyaga uchraydi. Bu reaksiya mahsulot rangiga ham ta’sir qiladi, chunki mahsulot qancha uzoq saqlansa, uning rangi shunchalik xira bo‘ladi. Shuning uchun yorqin tenlar rangini o‘zgartirsa, yangi palitra olish vaqti keldi.
Teksturaning o‘zgarishi
Mahsulotning yaroqlilik muddati o‘tganligini aniqlashning yana bir usuli — uni qo‘llashdan oldin tuzilishini tekshirish. Agar tonal krem quyuqlashgan bo‘lsa yoki upa juda maydalangan bo‘lsa, bu mahsulotning umri tugaganidan darak beradi.
Kosmetik mahsulotlar qancha vaqt saqlanadi?
Kosmetik mahsulotlari turli vaqtlarda eskiradi. Eng mashhur dekorativ mahsulotlarning yaroqlilik muddati haqida qisqacha ma’lumot:
-Tonal krem. Suvga asoslangan mahsulot bir yil foydalanishga yaroqli, yog‘ga asoslangani biroz ko‘proq, 18 oygacha.
Lab bo‘yog‘i va blesk. Qattiq lab bo‘yog‘ining saqlash muddati — 1-2 yil, suyuqlari esa ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oydan bir yilgacha.
Tush. Tush kamroq saqlanadi: 3 oydan 6 oygacha.
Upa va rumyana. Shuningdek, ten, bronzator va boshqa kukunli mahsulotlarning saqlash muddati 2 yilgacha.
Ko‘z va lablar uchun qalam. Qattiq qalam bir yilgacha ishlatiladi, lekin suyuq podvodkalar ko‘pi bilan olti oygacha saqlanishi mumkin.
Manba