Tantanali kechalar uchun 7 xil noodatiy manikyur (foto)
O'qildi: 376
To‘ylar va boshqa tantanalarga tayyorlanishda qanday libos kiyish va sochni qanday turmaklashdan tashqari, tirnoqqa qanday shakl va bezak berish ham qizlar uchun dolzarb muammoga aylanadi. Biz bu borada sizga ba’zi g‘oyalarni taqdim etmoqchimiz.
Manba
Geometrik shakllar
Foto: “Lady.tochka.net”2017-yilda manikyurda noodatiy chiziqlar va nuqtalar ommaboplik cho‘qqisida. Agar siz minimalistik manikyurni sevsangiz, u holda geometrik shakllarni tanlang.Simli manikyur
Foto: “Lady.tochka.net”Bunday manikyurda tirnoqlarda ingichka simlar yordamida bezak beriladi. Bo‘yoq ustidan turli shaklga keltirilgan simlarni yopishtirish, shuningdek, bunday simlardan uzukchalar yasab, barmoqlarga ham taqish mumkin.Jonli gullar
Foto: “Lady.tochka.net”Libosingiz latif ko‘rinishga ega bo‘lsa, bunday manikyur ayni mos tushadi. Ushbu noodatiy manikyur dizaynida haqiqiy gullar qo‘llaniladi.Abstraksiya
Foto: “Lady.tochka.net”Agar siz tabiatan ijodiy odam bo‘lsangiz, san’atga qiziqsangiz, u holda abstraksiya ko‘rinishidagi manikyurni tanlashni maslahat beramiz.Pushti kvars
Foto: “Lady.tochka.net”Manikyurda 2017-yilning eng ommabop trendlaridan biri tirnoqqa pushti kvars ko‘rinishida bezak berilishidir. Bunday manikyur har qanday libos bilan mos tushadi.Yulduzli manikyur
Foto: “Lady.tochka.net”Yulduzdan ham yorqinroq ko‘rinmoqchi bo‘lganlar mana shunday manikyurdan foydalanishi mumkin.Ombre manikyur
Foto: “Lady.tochka.net”Neyl-artlarni yoqtirmasangiz, ammo bir tusli ranglarni xush ko‘rsangiz, u holda ombre manikyurni qo‘llab ko‘rishni tavsiya etamiz. Bir rangdan ikkinchi rangga silliqlik bilan o‘tiladigan ushbu bo‘yash turi ham har qanday uslubdagi qiyofaga mos tushadi.
Manba: “Lady.tochka.net”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.