Salomatlik Goʼzallik Kuz faslida har bir ayolning kosmetik sumkasidan joy olishi kerak bo‘lgan 3 ta parvarish mahsuloti 

Kuz faslida har bir ayolning kosmetik sumkasidan joy olishi kerak bo‘lgan 3 ta parvarish mahsuloti 

O'qildi: 305


Kuz faslida har bir ayolning kosmetik sumkasidan joy olishi kerak bo‘lgan 3 ta parvarish mahsuloti 

Fasllarning o‘zgarishi teri uchun haqiqiy qiyinchilikdir, ammo kosmetik sumkada kerakli mahsulotlar bo‘lsa, uni osongina yengish mumkin. Havo sovishi bilan qanday parvarish vositalaridan foydalanish kerak?Grazia nashri shifokor-kosmetolog Nataliya Soldatenkova bilan birgalikda ushbu savolga javob berdi.

Foto: Grazia

Retinolli mahsulotlar

Kuzda quyosh nuri yozdagidan kamroq tushadi — bu giperkeratoz, terini yumshatish va uning tuzilishi bilan yaxshi ishlaydigan parvarish qilish vositalarini joriy qilish uchun to‘g‘ri vaqt. Shuning uchun kuzda har bir qizning kosmetik sumkasida bo‘lishi kerak bo‘lgan terini parvarish qilish uchun birinchi mahsulot retinolli mahsulotlardir.

Nihoyat yozgi tanaffusdan so‘ng ulardan foydalanish mumkin. Bunday mahsulotlar bilan tanishmaganlar qo‘rqmasdan yangi vositalardan foydalanishni boshlashi mumkin. Retinol epidermis hujayralarining differensiatsiyasini me’yorlashtiradi va uning yangilanishini yaxshilaydi. Teri yorqinlikka ega bo‘lib, yanada go‘zallashadi.

“Bemorlarim har doim hayajon va quvonch bilan kuzni kutadi, chunki retinolli mahsulotlar ularning kundalik parvarishining bir qismiga aylanadi.Terining xususiyatlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri tanlansa, yoqtirib qolmaslikning iloji yo‘q”, — deydi Natalya Soldatenkova.

Qo‘l kremi va lab uchun balzam

Kuz — qo‘llar va lablar uchun parvarishning eng muhim vaqti. Chunki ular birinchi navbatda atrof-muhitning barcha omillarining(sovuq, shamol, harorat o‘zgarishi)ta’siriga duchor bo‘ladi. Yaxshi himoya xususiyatlariga ega bo‘lgan qo‘l kremi va lab balzami bilan kosmetik sumkasini to‘ldirish kerak. Ushbu mahsulotlarning yuqori sifatga egalari shifobaxsh, yallig‘lanishga qarshi va himoya xususiyatlariga ega.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.