Salomatlik Goʼzallik Yillar o‘tgani sayin ayollar husniga husn qo‘shilishining 20 isboti (foto)

Yillar o‘tgani sayin ayollar husniga husn qo‘shilishining 20 isboti (foto)

O'qildi: 448


Yillar o‘tgani sayin ayollar husniga husn qo‘shilishining 20 isboti (foto)

1950-yilda 46 bo‘lgan o‘rtacha umr ko‘rish yoshi, 2019-yilda 72,5 bo‘ldi. Shuning singari yoshga nisbatan qarashlar ham avvalgidek emas. Bugunga kelib 30-40 yosh hayotning eng gullagan chog‘lari hisoblanadi va aksari insonlarning tashqi ko‘rinishi ham aynan shu yoshlarda chiroyli bo‘ladi. Quyidagi ayollarning yoshlikdagi va hozirga suratlariga nazar tashlansa, bunga amin bo‘lish mumkin. Ular o‘zlarining ancha yil avvalgi va hozirgi tashqi ko‘rinishini solishtirib, bugungi qiyofasidan mamnunligini bildirgan.

Foto: AdMe

“Husnbuzarlarni ketkazadigan vositalarga rahmat”.

Foto: AdMe

“23 yoshimda toksik munosabatlarga nuqta qo‘ydim va atrofdagilar meni maftunkor hisoblayotganini bildim. 7 kg vazn tashladim va o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi”.

Foto: AdMe

“Men 15 va 30 yoshimda”.

Foto: AdMe

“Bu mening 15 yoshimdagi suratim. Kir sochlar va breket. Shunga qaramay onam meni chiroyliligimni aytgan”.

Foto: AdMe

“15 yoshimda tortinchoq bo‘lganman. Maktabda meni ustimdan kulishardi. Bugun 33 yoshdaman va hammasi o‘zgargan”.

Foto: AdMe

“22 va 33 yoshdagi suratlarim. Men qoshimni chiroyli bo‘yashni o‘rgandim va soch turmagimni o‘zgartirdim”.

Foto: AdMe

“Bu soch turmagi urf bo‘lishidan avvalroq men sochimni shunday turmaklab yurardim. E’tibor bering: mana buni haqiqiy uslub desa bo‘ladi”.

Foto: AdMe

“Men vegan parhezidan voz kechdim va gormonlarimni me’yoriga keltirdim, darz ketgan munosabatlarni boshdan kechirib, terapiya olishni boshladim”.

Foto: AdMe

“Rosti bu mening eng xunuk suratim. Bu vaqtda men o‘rta maktabda o‘qirdim”.

Foto: AdMe

“18 va 35 yoshimdagi suratlar. Maktab vaqtlari qomatim unchalik bo‘lmagan”.

Foto: AdMe

“Bu 16 va 29 yoshimdagi suratlarim. O‘zimga keragidan ortiq ishonganman, nazarimda”.

Foto: AdMe

“22 va 33. Go‘zal bo‘lishim uchun 30 yil kerak bo‘ldi”.

Foto: AdMe

“Mening 18 va 30 yoshdagi suratim. Ozdim, o‘zimga qarashni boshladim va o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi.

Foto: AdMe

“21 va 38. Oltin yillar”.

Foto: AdMe

“Bu kir sochlar va otamning futbolkasi bilan men darhaqiqat o‘zimni maktabdagi eng zo‘r qizlardan biri deb hisoblaganman”.

Foto: AdMe

“Tabassum qilish va sochimni turmaklashni o‘rganishim uchun 10 yil vaqt ketdi”.

Foto: AdMe

“2013-2020. To‘g‘risi bunday natijadan o‘zim ham ajablanaman”.

Foto: AdMe

“21 yoshdagi suratlarim. Yildan yilga go‘zallashganman”.

Foto: AdMe

“17 va 34 yoshimda olingan suratlar. Men birinchi suratdagidan ikki barobar katta bo‘lishim mumkin, lekin endi terimni parvarish qila boshladim va o‘zimga mos soch turmaklayman”.

Foto: AdMe

“Katta sinflarda men oshiq bo‘lgan yigit, makiyajim va soch turmagimga yetarlicha baho bermagan. Endi esa eski suratlar o‘zimga ham g‘alati tuyiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.