Salomatlik Goʼzallik Kuz uchun eng yaxshi namlantiruvchi 10 ta tonal kremi

Kuz uchun eng yaxshi namlantiruvchi 10 ta tonal kremi

O'qildi: 494


Kuz uchun eng yaxshi namlantiruvchi 10 ta tonal kremi

Kuzgi makiyajni tonal kremlarsiz tasavvur qilishning iloji yo‘q. Bir vaqtning o‘zida terini namlaydigan va kamchiliklarni mukammal niqoblaydigan yangi vositalarni yuz terisining turiga qarab tanlash mumkin, deb yozadi The Voice Mag.

Foto: The Voice Mag

Tonal asosi, Pupa Milano

Foto: The Voice Mag

Ajablanish mumkin, lekin bu haqiqat: ultraplastik asos suv o‘tkazmaydi va  yuzda deyarli ko‘rinmaydi, shuningdek, kamchiliklarni ham mukammal yashiradi. Kuz mavsumiga mos makiyaj uchun ajoyib tanlov.

Quyoshdan himoya qiluvchi krem-balzam, Genosys

Foto: The Voice Mag

Ushbu vosita yuz rangiga moslashadi, u bilan birlashadi va kamchiliklarni yashiradi. Yodda tuting, u aniq qizarish va toshmalarni yashirmaydi, lekin mayda ko‘karishlar yoki qon tomirlarini deyarli ko‘rinmas holga keltiradi.

Normal teri uchun BB krem, Garnier

Foto: The Voice Mag

Mazkur BB krem yuz terisini kun bo‘yi namlaydi, tekislaydi — bularning barchasi Garnierning ajoyib yangi mahsulotiga tegishli. Aniqrog‘i, brendning afsonaviy BB kremining yangilangan versiyasi haqida. Bu safar formulalar greypfruit va C vitamini bilan boyitilgan bo‘lib, bu terining go‘zalligi va salomatligini saqlash uchun muhimdir, chunki antioksidantlarsiz erta qarish va rangparlik teriga tahdid qiladi.

Gialuronik tonal sivorotka, L’Oreal Paris

Foto: The Voice Mag

Ushbu mahsulot quruq, sezgir va suvsizlangan teri uchun ayni muddao. Namlantiruvchi ta’sirga bir zumda erishiladi va krem tarkibidagi gialuron kislotasi hatto kun davomida namlikni yo‘qotishning oldini oladi. Muntazam foydalanish bilan teri yanada elastiklashadi, ajinlar yo‘qoladi.

Uzoq muddat turuvchi tonal krem, Clarins

Foto: The Voice Mag

Bu tonal kremi nafaqat chidamlilik bo‘yicha barcha rekordlarni ortda qoldiradi. Balki qulay va ajoyib ta’siriga ega. Uning tarkibidagi barcha foydali komponentlar yuz terisini yaxshilashga qaratilgan.

Tonal sivorotka, Perricone MD

Foto: The Voice Mag

Hozirda har qanday ayol sifatli mahsulotlardan foydalana olishi mumkin. Ushbu tonal sivorotka yuziga chinakamiga g‘amxo‘rlik qilishni istaydiganlar uchun ayni muddao va tez orada sevimli kosmetik vositalar orasidan joy olishi shubhasiz. Mahsulot qo‘llanilgach, yuz terisi kutilmagan natijaga erishadi.

Terini mukammallashtiruvchi BB krem, Mixit

Foto: The Voice Mag

Ushbu vosita yordamida yuz terisi faqat yaxshilanadi. U terida iloji boricha tabiiy ko‘rinadi, qolaversa, makiyaj uchun mukammal vosita.

Namlantiruvchi krem-tint, Essence

Foto: The Voice Mag

Yana bir ko‘p funksiyali vosita — quyoshdan himoya qiluvchi krem, tonal va namlantiruvchi vosita jamlanmasi. Ushbu vosita makiyaj qilishni endi boshlagan qizlar uchun ham mos keladi va yuzdagi kamchiliklarni yashiradi.

Namlantiruvchi tonal-asos, Catrice

Foto: The Voice Mag

Bu krem qalin makiyaj qiladiganlar uchun ayni muddao. Yuz terisidagi kamchiliklarni yashiruvchi ajoyib baza. Mazkur vosita yaqindan ham tabiiy ko‘rinadi. Shuningdek, terini quritmaydi, chunki tarvuz urug‘i yog‘i terini mukammal oziqlantiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.