Salomatlik Goʼzallik Lab bo‘yog‘i va tonal kremni aralashtirsa nima bo‘ladi? Kosmetika tayyorlash bo‘yicha layfxaklar

Lab bo‘yog‘i va tonal kremni aralashtirsa nima bo‘ladi? Kosmetika tayyorlash bo‘yicha layfxaklar

O'qildi: 379


Lab bo‘yog‘i va tonal kremni aralashtirsa nima bo‘ladi? Kosmetika tayyorlash bo‘yicha layfxaklar

Pardoz qilishingizda kerak bo‘ladigan narsalar uchun juda ko‘p kosmetika sotib olish shart emas. Eng yaxshi kosmetikani qo‘lingizda bor narsalardan uy sharoitida ham yaratish mumkin. Bu borada “Domashniy ochag” nashri sizga yordam beradi.

Tonal krem ​​+ namlantiruvchi krem = BB krem

Foto: “Domashniy ochag”

Ushbu usuldan hatto professional vizajistlar ham foydalanadi. Og‘ir tonal kremni o‘zingiz ishlatishga odatlangan va o‘zingiz uchun ideal deb hisoblagan namlantiruvchi krem bilan aralashtirib, mukammal BB kremini tayyorlab olishingiz mumkin. Natijada yengil va juda zich bo‘lmagan kremga ega bo‘lasiz, teringiz esa kerakli namlikni saqlab turadi.

Pomada + tonal kremi = suyuq rumyana

Foto: “Domashniy ochag”

Ba’zilar dudoq va yonoqlarning rangidagi mukammal uyg‘unlikka erishish uchun ko‘pincha lab bo‘yog‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri yonoq suyaklariga surtishadi. Lekin yaxshiroq variant ham bor: bir oz lab bo‘yog‘ini tonal krem bilan aralashtirung. Cho‘tka bilan yonog‘ingizga surting: bunday suyuq rumyana nafaqat tabiiy ko‘rinadi, balki yuzingizda butun kun davomida saqlanib turadi.

 Qovoq uchun ten + lab uchun balzam = tint

Foto: “Domashniy ochag”

Qovoqqa surtiladigan tendan tint yoki lab bo‘yog‘i yaratish mumkin – bunaqasi hech kimda bo‘lmaydi!Pushti, malinarang, siyohrang va tillarang tenlarni lab bo‘yog‘i bilan aralashtiring. Asosiysi, namlantiradigan balzamning yaxshisini tanlashdir, chunki ten lablarni biroz quritadi. Agar yanada yorqin rang kerak bo‘lsa, unda balzam o‘rniga shaffof blesk ishlating.

Jigarrang ten + lab uchun balzam = qosh bo‘yaydigan vosita

Foto: “Domashniy ochag”

Hech kimga sir emaski, qoshlarni yaltiramaydigan jigarrang ten bilan bo‘yash juda qulay, ammo ularning quruq va maydaligi uchun uzoq vaqt turmaydi. Ammo buning ham yo‘li bor. Tenga ozgina labga surtiladigan balzam qo‘shing. U kerakli yog‘li bazani beradi, bu esa ten uzoqroq turishiga imkon beradi.

Shaffof lak + ten = yaltiroq lak

Foto: “Domashniy ochag”

Hech narsa sotib olmasdan yangi tirnoq lakiga ega bo‘lishingiz mumkin, buning uchun rangsiz lak va yaltiroq ten kerak bo‘ladi. Mahsulotlarni plastik idishda aralashtirib olgan ma’qul, shunda lakning rangi va suyuq-quyuqligini osongina bilib olasiz. Massani bir hil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiring, so‘ng odatdagidek tirnoqlaringizga oro bering.

Mavzuga doir: 

  • Qishdan keyingi tiklanish: salomatlik va go‘zallikni qaytarishning asosiy qoidalari
  • Qoshlarni qalin qilib o‘stirishning 5 ta hamyonbop usuli
  • Kosmetik vositalarning foydalanish muddatini uzaytirishga yordam beradigan 7 layfxak
  • Janubiy koreyalik ayollar orasida urfga kirgan nafis dizayndagi manikyurlar(foto)


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.