Lab bo‘yog‘i uzoq muddat saqlanish uchun nima qilish kerak?
Ovqatlanganda, suv ichganda, va umuman olganda, kun davomida surtilgan pomada o‘chib ketmasligi uchun birgina kosmetik vositaning o‘zi kamlik qiladi. Blesklar tez o‘chib ketmasligi bilan o‘ziga xos sanaladi. Yog‘li asosli blesk kun davomida turishi mumkin, ammo tanovuldan keyin o‘chib ketadi. Oddiy pomadaning o‘chib ketmasdan, uzoq turishiga erishish mumkin, buning uchun quyidagilarga rioya qilish kifoya.
Foto: FreepikBo‘yanishni birinchi bo‘lib qosh va kipriklarga urg‘u berishdan: rumyana, ten yoki pomadadan, boshqa istalgan kosmetik vositalarni surtishdan boshlang. Labga pomada rangida qalam surting. Qalamni labning o‘rtasidan boshlab cheti tomon harakatlantiring. Ustidan pudra surting. Buning uchun pudraning maxsus gubkasi yoki rumyana suradigan cho‘tkadan foydalaning. Nomiga surtilgan pudra pomadaning uzoq turishiga hissa qo‘shadi.
Pudralangan labga pomada surting. Yaltiramaydigan yoki kremli — istalganidan foydalaning. Kerak bo‘lsa, cho‘tka yordamidan foydalaning. Ustidan yana pudra surting. Ketma-ketlikni takrorlang. Bu sizga ko‘ngildagidek natija berishi aniq.
Manba