Rianna, Kayli Jenner va boshqa yulduzlar qanday lab bo‘yog‘idan foydalanadi? (foto)

Mashhur ayollarning go‘zal va o‘ziga xos ko‘rinishining siri obrazdagi detallarga alohida e’tibor berish va tanlov qilishida.
Kim Kardashyan
Foto: CosmopolitanKardashyan makiyaj qilganida ko‘z va lablariga urg‘u berishni afzal biladi. Model MAC Angel pomadasidan foydalanib, go‘zalligiga urg‘u beradi.
Kayli Jenner
Foto: CosmopolitanKayli Jennerning obrazidan ilhomlangan minglab ayol va qizlar do‘konlardan pushti tusli jigarrang lab bo‘yoqlar xarid qila boshlagan. Jenner MAC’ning Brave va Velvet Teddy pomadalaridan foydalanishni ma’qul biladi.
Rozi Xantington-Uaytli, Mayli Sayrus
Foto: CosmopolitanQizil lab bo‘yog‘ini yuz rangiga mos tushadiganini tanlash kerak. Bu borada Rozi va Mayli singari MAC kosmetik brendining Lady Danger variantidan ilhomlansangiz bo‘ladi.
Kendall Jenner
Foto: CosmopolitanKendal esa tanlov borasida Estee Lauder’ning yorqin qizil rangli Restless’ini afzal bilgan. Mazkur bo‘yoq bilan u hamisha o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Rita Ora, Adriana Lima, Dita fon Tiz
Foto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanKo‘zga tashlanmaydigan qizil pomadani yaxshi ko‘radiganlar esa yulduzlar Rita Ora,Adriana Lima, Dita fon Tiz singari MAC’dan Ruby Woo’ga e’tibor qaratishi mumkin.
Madonna
Foto: CosmopolitanMadonna obrazi uchun MAC’ning Russian Red lab bo‘yog‘ini tanlaganidan keyin mazkur lab bo‘yog‘i bestsellerga aylangan.
Teylor Svift
Foto: CosmopolitanTeylor Svift esa qizil yo‘laklarda boshqalardan ajralib turish uchun NARS’ning Dragon Girl modeliga e’tibor beradi.
Rianna
Foto: CosmopolitanRianna esa MAC’ning pushti Candy yum-yum lab bo‘yog‘ini surtishni yaxshi ko‘radi. Mazkur rang uning husniga husn qo‘shadi.
Emma Uotson
Foto: CosmopolitanEmma alohida tadbir va ziyofatlar uchun Chanel’ning Exaltee lab bo‘yog‘ini surtishni xush ko‘radi.
Lord
Foto: CosmopolitanXonanda Lord esa MAC’ning Pure Heroine pomadasi bilan noodatiy va jozibali ko‘rinadi.
Emma Stoun
Foto: CosmopolitanDilbar va latofatli ko‘rinishni istaganlar esa Emma singari Revlon’dan shaftoli rang Tulip’ni tanlashi mumkin.
Manba
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring