Makiyaj mo‘jizasi: Pomadaning yuzni yashartirishi yoki qaritishi yulduzlar obrazi misolida (foto)
Birgina lab bo‘yog‘ining noto‘g‘ri tanlanishi nafaqat obrazingizni xunuk, balki yoshingizni ham katta ko‘rsatishi mumkin.
Foto: CosmopolitanPomada tanlayotganda birinchi navbatda teriga mos tushish yoki tushmasligini inobatga olish kerak. Masalan, terisining rangi Rianna kabi to‘qroq bo‘lgan qizlarga och pushti, shaftoli rang va blesklar yarashadi, go‘zallikka urg‘u beradi.
Foto: CosmopolitanTo‘q qizil, jigarrang lab bo‘yoqlari esa aksincha yoshni katta ko‘rsatadi, labni aslidan kichkina ko‘rsatadi.
Foto: CosmopolitanTerisining rangi Enn Xeteuey singari oq bo‘lgan qiz va ayollar esa to‘q rangli lab bo‘yoqlaridan hech ham cho‘chimay foydalansa bo‘ladi.
Foto: CosmopolitanOch pushti pomada esa oppoq qizlarning kasalga o‘xshab ko‘rinishiga sabab bo‘lish mumkin.
Foto: CosmopolitanQizil, olovrang va jigarrang lab bo‘yoqlari Jessika Chesteyn singari terisi oq, sochlari malla bo‘lgan qizlarning husniga husn qo‘shadi.
Foto: CosmopolitanOch rangli bo‘yoqdan esa voz kechgan ma’qul.
Foto: CosmopolitanSochi va teri rangi och qizlar och rangli pomadadan foydalanmagani maqsadga muvofiq.
Foto: CosmopolitanTerisining rangi Jessika Albaniki singari bo‘lgan nozik jins vakillariga esa qizil va yorqin pomadalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Manba