Salomatlik Goʼzallik Tendan qanday foydalanish kerak: jozibali ko‘zlar uchun sinalgan usullar

Tendan qanday foydalanish kerak: jozibali ko‘zlar uchun sinalgan usullar

O'qildi: 413


Tendan qanday foydalanish kerak: jozibali ko‘zlar uchun sinalgan usullar

Ten — foydalanish yetarlicha qiyin kosmetik mahsulot hisoblanadi. Quyidagi tavsiyalarga amal qilsangiz, bu borada muammolarga duch kelmaysiz.

Ranglarni uyg‘unlashtiring

Ko‘zni bo‘yashni boshlashdan oldin, teri rangini uyg‘unlashtirish kerak. Ko‘pincha qovoqlarda kapillyar tomirlar yoki biroz ko‘karish ko‘rinib qoladi. Ushbu kamchiliklar pardozni buzmasligi uchun oddiy tonal kremdan foydalanish mumkin. Muhimi, kremni haddan tashqari ko‘p surtmaslik kerak — harakatlanuvchi ko‘z qovog‘i uchun kremning bir kichik tomchisi yetadi.

Foto: Getty Images

Bazadan foydalaning

Makiyajda qanday tenlardan foydalanganingiz muhim emas, ularning ostida qanday baza borligi muhim. Yaxshi baza hatto eng arzon tenlarni ham ushlab turadi. Tonal kremni qo‘llaganingizdan so‘ng darhol baza ishlatish kerak, qovoqlarni teri rangiga moslashtiring.

Kremli ten sotib oling

Ko‘pchilik kremli ten ishlatmaydi, ammo ular boshqalarga qaraganda ancha uzoqroq turadi. Bundan tashqari, kremli tenda oddiy tendagi kabi to‘kilish muammosi bo‘lmaydi.

Ulardan asos sifatida foydalanish mumkin. Harakatlanuvchi ko‘z qovog‘ining butun bo‘shlig‘ini kerakli ten bilan to‘ldiring — tashqi burchaklarni quyuqroq rang bilan, ichki burchaklarni esa yengil rang bilan ta’kidlang.

Foto: Getty Images

Kremli ten cho‘tkadan ko‘ra barmoq uchlarida yaxshi surtiladi. Gap shundaki, qo‘llarning issiqligi mahsulotni isitadi va uning “ochilishi”ga yordam beradi — buning natijasida ten tekisroq qo‘llaniladi va surkalib ketmaydi.

Ko‘z ostiga pudra ishlating

Tendan foydalanishdan oldin, konsiler yordamida ko‘z ostini tayyorlang, so‘ngra pudrani qalin qilib surting. Agar pudra ishlatsangiz, maydalangan tenlarni kukun bilan birga yumshoq cho‘tka bilan osongina olib tashlash mumkin.

Foto: Getty Images

Ten rangini to‘g‘ri tanlang

Ten rangini ko‘z rangiga qarab emas, balki tashqi ko‘rinishingizga qarab tanlagan ma’qul — shunda makiyaj yanada mukammal ko‘rinadi.

Oq(marvaridrang)tenlardan foydalaning

Ko‘pgina qizlar marvaridrang tenlaridan qochadi —  yorqin ranglar ham arsenalingizda bo‘lishi kerak. Bunday tenlar yordamida ko‘zning ichki burchagini ta’kidlash mumkin. Bundan tashqari, ularni qosh ostidagi sohada ham qo‘llasa bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Ko‘z shakli bilan ishlang

Agar tabiat chiroyli ko‘zlar bilan mukofotlamagan bo‘lsa, bunga makiyaj yordamida osongina erishish mumkin. Tenlar bu masalada eng yaxshi vosita.

O‘rtacha rangdagi tenlar yordamida bir oz osilgan yuqori ko‘z qovog‘ini bo‘yang, yuqori va harakatlanuvchi ko‘z qovoqlari orasidagi burmani to‘q rangdagi ten bilan yashiring.

Agar ko‘zlaringiz orasi keng bo‘lsa, unda qovoqning chegarasidan tashqariga chiqmasdan, ko‘zlarning tashqi burchaklarini qoraytirish kerak. Ya’ni harakatlanuvchi ko‘z qovog‘ining o‘rtasidan tashqi chetiga qadar jilosiz yoki yorqin rangdagi tenlar bilan qoraytiring, ammo ko‘z chetiga strelka chizmang.

Foto: Getty Images

Tenning kamida uchta rangidan foydalaning

Eng oddiy makiyaj ham uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Birinchidan, harakatlanuvchi ko‘z qovog‘iga ochroq ten qo‘llang, uni to‘q rangdagi tenlar bilan to‘ldiring.
  2. Ko‘zning tashqi burchaklarini eng quyuq rangdagi ten bilan ta’kidlang. Bundan tashqari, pastki qovoq, shuningdek, yuqori ko‘z qovoqlari orasidagi burma uchun ham shu rangdan foydalanish mumkin.
  3. Ko‘zning ichki burchagini eng yengil rangdagi ten bilan ta’kidlang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.