Salomatlik Goʼzallik Uzoq vaqt saqlanuvchi hamda yuvish oson bo‘lgan tushlar

Uzoq vaqt saqlanuvchi hamda yuvish oson bo‘lgan tushlar

O'qildi: 372


Uzoq vaqt saqlanuvchi hamda yuvish oson bo‘lgan tushlar

Kunlar isishi va yoz kelishi bilan makiyaj oqishi mumkinligi sabab boshqa kosmetik vositalar singari tushning ham kun davomida turadigani va shu bilan birga yuvish qiyinchilik keltirib chiqarmaydigan variantlariga e’tibor qaratish kerak.

Unlimited Mascara Waterproof, L’Oréal Paris

Foto: Cosmopolitan

O‘ramiga waterproof deb yozilgani bilan mazkur tushni yuvib tashlash uchun ortiqcha ovoragarchilikning keragi yo‘q. Uni iliq suvda yuvishning o‘zi kifoya. Silikonli cho‘tkasi esa ishlatish uchun juda qulay.

38°C Volumising Mascara, Sensai

Foto: Cosmopolitan

Mazkur tush issiq haroratda surtish uchun juda ham qulay, ya’ni oqib ketmaydi. Kipriklarni qalin va uzun ko‘rsatadi, yuvish esa qiyinchilik keltirib chiqarmaydi.

Inimitable Extreme Mascara, Chanel

Foto: Cosmopolitan

Inimitable Extreme Mascara kipriklarda kun davomida turib, ko‘zlarni katta ko‘rsatadi. Ikki qavat surtilganda esa kiprik ulagandek ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.

Vamp! All in One Mascara, Pupa

Foto: Cosmopolitan

Klassik shakldagi kichik tush cho‘tkasi ishlatish uchun juda ham qulay. Tush kipriklarni yaxshilab qayirib, kun davomida shunday turishini ta’minlaydi. Uni yuvib tashlash, yaxshilab ketishi uchun esa paxta disklaridan foydalanish mumkin.

Extended Play Perm Me Up Lash, M.A.C

Foto: Cosmopolitan

Aksariyat tushlarning effekti bir-ikki soatga yetadi. Extended Play Perm Me Up Lash esa ulardan farqli o‘laroq kun davomida kipriklarni uzun va qalin ko‘rsatadi.

Eccentrico Mascara​, Giorgio Armani

Foto: Cosmopolitan

Mazkur tush esa kechki tadbir va ziyofatlar obrazi uchun ayni muddao. Rangi o‘ziga xos bo‘lgani uchun esa smoky eyes uslubidagi makiyaj va grafik strelkalar uchun ayni muddao.

Snapscara Mascara, Maybelline New York

Foto: Cosmopolitan

Iliq suv bilan oson yuviladigan tush o‘ziga xos ko‘rinishga hissa qo‘shadi. Snapscara cho‘tkasi kipriklarni maromiga yetkazib qayiradi, vositaning o‘zi kipriklarni qalin ko‘rsatish xususiyatiga ega.

Volume Effet Faux Cils The Curler в оттенке Violet, YSL Beauty

Foto: Cosmopolitan

Kipriklarga siyohrang tus berish xususiyatiga ega bo‘lgan tush cho‘tkasining qulayligi haqida gapirmasa ham bo‘laveradi. Undan bir qavat surtganda kipriklarni tabiiy uzun, ikkinchi martada esa yanada dilbar ko‘rsatadi.

Eye Catching Extreme Volume, Bourjois

Foto: Cosmopolitan

Katta cho‘tkalarni yaxshi ko‘radiganlar uchun Bourjois tushi ayni muddao. Uni surtganda ko‘zlar katta, nigohlar esa o‘ziga xos ko‘rinadi. Ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish uchun undan bir qavat surtishning o‘zi kifoya. Oqmaydigan va qoldiqlari ko‘z atrofiga to‘kilmaydigan tushni iliq suv bilan yuvib tashlash oson.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.