TikTok’da mashhurlikka erishgan makiyaj bilan bog‘liq 7 layfxak
Go‘zal va trendga xos ko‘rinish uchun TikTok’dagi mashhur tavsiyalarni sinab ko‘rish tavsiya qilinadi.
Foto: “Liza”Ten uzoq turishi uchun
Rang-barang va yaltiroq ten uzoq va yaxshi turishi uchun labga surtiladigan yaltiroq bo‘lmagan pomadadan foydalaning. Cho‘tka yordamida yupqa qilib qovoqlarga surting. Shundan keyin ten surtsangiz bo‘ladi. Shundan keyin ten yorqinroq ko‘rinadi va uzoq turadi.
Ko‘zlarni bo‘yash
Ko‘zlarni o‘ziga xos qilib bo‘yash uchun qog‘oz bo‘lagi yoki plastirdan foydalansangiz bo‘ladi. Plastirni ko‘zning tashqi burchagidan tepaga qarab qiyshaytirib yopishtiring. Keyin esa ten yoki podvodkani uning cheti bo‘ylab bo‘ying.
Foto: “Liza”Rangli strelkalar
Ko‘zlarga rangli strelka chizish uchun istalgan rangli pomadadan foydalansangiz bo‘ladi. Cho‘tka yordamida uni yuqori qovoqqa go‘yo podvodka singari chizing.
Pomadadan boshqa maqsadda foydalanish
Lablarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan pomadadan ba’zida rumyana yoki ten sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bu usul yaxshi ish berishi aniq.
Qoshlar uchun marker
Hozir tabiiy ko‘rinish trendda, shu sabab ham qoshlar ingichka qosh uchun mo‘ljallangan marker bilan bo‘yaladi. Sun’iy ko‘rinib qolmasligi uchun asosiysi, sochga mos rang tanlash kerak.
Foto: “Liza”Tush oqmasligi uchun
Kiprikka surtilgan tush oqmasligi uchun makiyajdan keyin ko‘z ostiga ingichka maxsus cho‘tka bilan pudra surtish kerak. Shundan keyin kun davomida ko‘zlarning tagi qorayib qolmaydi.
Oq strelka
Strelkani oq rangda bo‘lishi bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb. Buning uchun oq qalamdan foydalaning. Kiyimga moslansa o‘ziga xos va zamonaviy ko‘rinishingiz aniq.
Mavzuga doir:
- Shahlo ko‘zlar garovi: Kipriklarni bo‘yashda foydalaniladigan tushning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?
- Osiyolik ayollarning abadiy yoshlik siri: “Sassi suvi” va yuzni yuvish qoidalari
- Gel-lakdan keyin tirnoqlarni qanday parvarishlash kerak?
- Sochlar o‘sishi uchun nima qilish kerak?Oddiy, ammo samara beradigan 16 tavsiya
- Qoshlarni tatuaj qildirmaslik uchun eng asosiy besh sabab
Manba