Salomatlik Ayollar uchun Chizg‘ich, suzish ko‘zoynagi va oshxonada unumli foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa buyumlar

Chizg‘ich, suzish ko‘zoynagi va oshxonada unumli foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa buyumlar

O'qildi: 425


Chizg‘ich, suzish ko‘zoynagi va oshxonada unumli foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa buyumlar

Uydagi buyumlarni ko‘zdan kechirib chiqing — oshxonada ishlatilishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p foydali narsalar bo‘lishi tabiiy.

Foto: “Domashniy ochag”

Bo‘yoq tasmasi

Bo‘yoq tasmasining bir qismi uy qurilishi mahsulotlari sifatida ishlatilishi mumkin. Shunisi e’tiborga loyiqki, bunday yopishqoq tasma idishlarni yuvish mashinasida takroriy yuvishga bardosh bera oladi va rang o‘chishining oldini oladi.

Tish ipi

Tish ipi yordamida matematik aniqlik bilan biskvitni ham, qattiq pishloqni ham tekis kesib olish mumkin. Faqat ipni suv o‘tkazmaydiganidan foyalanish tavsiya etiladi, chunki yalpiz ta’mli ip shirinliklar mazasini o‘zgartirib yuboradi.

Cho‘tka

Agar oshxonada pishiriqlar uchun mo‘ljallangan silikon cho‘tka bo‘lmasa, u holda oddiy bo‘yoq cho‘tkasidan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, u quymoq yoki boshqa pishiriqlarga tuxum hamda yog‘ surtish uchun qulayroq. Faqat bo‘yoq cho‘tkasidan foydalanishdan avval yaxshilab tozalashni unutmaslik kerak.

Chizg‘ich

Oddiy chizg‘ich yordamida bulochka, pechenye va boshqa qandolat mahsulotlarini pishirishda o‘lchovlarni olish qulay. Bundan tashqari, chizg‘ichning o‘tkir qirrasi bilan xamirni bo‘laklarga aniq va tez bo‘lish mumkin.

Kanselyariya organayzeri

Oshxonadagi javonga metall to‘rdan yasalgan organayzerni o‘rnating. Unda pishirish varag‘i, krujkalar va boshqa kichik oshxona anjomlarini saqlash qulay.

Shpatel

Oshxonada shpateldan ham unumli foydalanish mumkin. Uning yordamida steyklarni osongina aylantirish va pishirish varag‘idan shirinliklarni olish qulay. Shuningdek, shisha idishlarga yopishgan kirlarni va oshxona taxtasi yuzasini tozalash uchun ham ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, kerakli narsa!

Ombir

Uyda saqlanadigan asboblar qutisiga qarash vaqti keldi. Agar unda tutqichli ombir topilsa, uning yordamida limon va laym sharbatini siqib olish mumkin.

Ko‘zoynak

Piyoz to‘g‘rash mobaynida ko‘zlar achishib, yoshlansa yoki achchiq qalampir tozalash kerak bo‘lsa, oddiygina suzish ko‘zoynagini taqib olish muammoni bartaraf etadi.

Bolg‘a

Anorni bolg‘a bilan tozalab ko‘rganmisiz?Bu juda oson va samarali. Buning uchun meva shunchaki ikkiga bo‘linadi, so‘ngra po‘sti ajratilib, orqa qismiga bolg‘acha bilan yengil uriladi. Natijada anor donachalari osongina ajralib chiqadi.

Ustara

Ushbu buyumdan ham boshqa maqsadda foydalanish mumkin. Masalan, oshxonada sarimsoqni yupqa to‘g‘rash, qadoqlarni ochish, idishga yopishitirlgan yorliqlarni olib tashlash va hatto baliq ham tozalash mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.