Makaronni restorandagidek tayyorlashning 6 ta oddiy usuli
Italyan restorani oshpazi makaron pishirish bo‘yicha o‘z mualliflik sirlari bilan o‘rtoqlashadi.
al dente’gacha olib bormang
Foto: Adobe StockMa’lumki, makaron 8 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida, al dente darajasiga yetguncha(ozgina pishmagan, ammo yesa bo‘ladi)pishirilishi kerak. Epicurious pazandalik portali mutaxassisi Jeyson Pfayfer al dente’dan yana bir-ikki daqiqa oldin suvni to‘kib tashlashni, so‘ngra makaronni sousga qo‘shib, bir daqiqa davomida tovada pishirishni maslahat beradi.
Sous bilan qozonning o‘zida aralashtiring
Foto: Adobe StockAgar makaronni al-dente’ga olib kelishga qaror qilsangiz ham, sousni keyinroq qo‘shsangiz ham, hamma narsani qizdirilgan qozonda yoki tovada aralashtirgan ma’qul. Oshpazning so‘zlariga ko‘ra, shundagina makaron sous ta’mini yaxshi o‘zlashtiradi.
Sousni juda suyuq qilmang
Pishirilgan makaron o‘zidan suyuqlik chiqaradi, shuning uchun sous quyuq bo‘lishi muhim. Yana bir muhim jihat: agar sous sho‘r bo‘lsa, pishirish paytida makaronga tuz qo‘shmaslik kerak.
Tez-tez aralashtiring
Foto: Adobe StockPishirish jarayonida ham(makaron bir-biriga yopishib qolmasligi uchun), sous qo‘shganda ham makaronni tez-tez aralashtiring. Ingrediyentlarni qanchalik ko‘p aralashtirsangiz, ta’mi shunchalik uyg‘un bo‘ladi. Aralashtirish uchun Jeyson Pfayfer rezina kurakcha yoki katta metall qoshiqdan foydalanishni tavsiya qiladi.
Sariyog‘ qo‘shing
Pishirgandan so‘ng makaronga qo‘shilgan kichik sariyog‘ bo‘lagi uni mayin va ta’mini boy qiladi, xamiri esa yanada nozik bo‘ladi.
Yakuniy jarayonni unutmang
Foto: Adobe StockMayda to‘g‘ralgan yangi ko‘katlar, maydalangan qalampir, qovurilgan non bo‘laklari, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq — oddiy makaronga lazzat va estetik ko‘rinish qo‘shishning ko‘plab usullari mavjud.
Manba