Salomatlik Ayollar uchun Shikastlanmaslik uchun: shisha siniqlarini tezda yig‘ib olish bo‘yicha 4 ta layfxak

Shikastlanmaslik uchun: shisha siniqlarini tezda yig‘ib olish bo‘yicha 4 ta layfxak

O'qildi: 435


Shikastlanmaslik uchun: shisha siniqlarini tezda yig‘ib olish bo‘yicha 4 ta layfxak

Chashka, stakan va boshqa shisha idishlar vaqti-vaqti bilan sinadi. “Noviy ochag” nashri shikastlanmaslik uchun shisha siniqlarini qanday qilib tezda yig‘ib olish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.

Foto: “Noviy ochag”

Birinchi qadam

Shoshilinch chora — bolalar va uy hayvonlarini xonadan chiqarib turish tavsiya etiladi. Ular o‘zi bilan shisha siniqlarini olib chiqib ketmaganiga ishonch hosil qilish lozim. Keyin bir vaqtning o‘zida bir yoki bir nechta usulda mummoni bartaraf etish mumkin.

Changyutkich yordamida

Albatta, shisha siniqlarini supurgi yordamida to‘plash mumkin. Lekin ko‘zga ko‘rinmas mayda zarralarni tozalash uchun changyutkich yordamga keladi. Ko‘pchilik shisha siniqlarini shunchaki changyutkichning trubasi yoki vertikal moslamasi bilan tozalaydi, ammo bu to‘g‘ri emas. Birinchidan, oddiy moslama bilan kerakli joy tozalab olinadi, lekin burchak va tag qismlar uchun vertikalidan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, oddiy moslama bilan har qanday yuzani tozalash oson. Qurilmaning o‘zi haqida tashvishlanishga hojat yo‘q: zamonaviy changyutkichlar shisha siniqlarini osongina yutib yuboradi va ularni konteynerga joylaydi. So‘ngra uni to‘g‘ridan to‘g‘ri biror paketga bo‘shatib, keyin chiqindi qutisiga tashlash kerak. Ularni shunchaki chiqindiga tashlab bo‘lmaydi.

Skotch yoki yopishqoq tasma

Agar shisha singan joy juda katta bo‘lmasa, masalan, oshxona javoni yuzasi bo‘lsa, yuza bo‘ylab skotch yoki yopishqoq lentadan foydalanish mumkin. Stolda maydalangan siniqlarni tozalash uchun avval cho‘tka bilan oldindan supurib tashlash tavsiya etiladi. Skotchni taxta yoki polga yopishtirib, keyin uni birdan tortib olish kerak. Ba’zilar esa bu borada kiyimni tozalash uchun ishlatiladigan yopishqoq tasmali oddiy rolikdan foydalanadi.

Oddiy va qog‘oz sochiqlar

Oddiy sochiqlarga kelsak, ular keyinroq tashlab yuboriladigan bo‘lishi kerak. Yoki eski lattalardan foydalanish mumkin. Ularni namlash va kerakli joyga yoyish kerak. Shisha siniqlari yopishib qolishi uchun sochiq taxminan o‘n daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra sochiqni ehtiyotkorlik bilan yig‘ib, o‘rab, chelakka tashlash kerak. Boshqa latta va qog‘oz sochiq bilan ham xuddi shu harakat takrorlanadi.

Ko‘pincha idishlar rakvinadan olinayotganda sinadi. Rakvinadagi siniqlardan xalos bo‘lish uchun birinchi navbatda u yerdan barcha idishlarni va katta shisha bo‘laklarini olib tashlash lozim. Keyin uzun tutqichli cho‘tka yoki gubka yordamida siniqlar yig‘ilib, burchakka olib boriladi. Ehtiyotkorlik bilan ular chelakka tashlanadi. Cho‘tka yaxshilab yuviladi. Suv bosimi oshirilib, rakvina ichi yaxshilab yuviladi.

Kuygan lampochka

Lampochkaning kuyishi jarayonida shisha siniqlari bir qancha joylarga uchib ketishi mumkin. Shuning uchun, bunday vaqtda voqea sodir bo‘lgan xonani tozalash bilan cheklanmaslik kerak. Yaqin atrofdagi joylarni changyutkich bilan tozalab, so‘ngra polni, yaxshisi, tashlab yuborilishi mumkin bo‘lgan latta bilan artish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, xonadagi mebelni ham tekshirish kerak: ko‘rpacha, divan, kreslolar — barchasi ko‘zdan kechirilishi lozim. Agar qo‘l changyutkichi yoki yopishqoq tasma bo‘lsa, ulardan ham foydalanish mumkin.

Qanday bo‘lmasin, shisha siniqlari olib tashlangandan so‘ng butun kvartiraning poli yuvilishi kerak, tozalash paytida va keyin ham biroz vaqt qalin taglikli uy oyoq kiyimi kiyish tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:

  • Salomatlikka putur yetkazmay desangiz: pul tejamaslik talab qilinadigan uydagi narsalar
  • “Tez yuvish rejimi”: Nima uchun kiyimlar va mashina uchun zararli?
  • Kundalik hayotda limon kislotasidan foydalanishning siz bilmagan 5 ta usuli


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.