Salomatlik Ayollar uchun Uydagi aslida tez-tez almashtirilishi kerak bo‘lgan, ammo ko‘pchilik uzoq vaqt foydalanadigan 9 ta buyum

Uydagi aslida tez-tez almashtirilishi kerak bo‘lgan, ammo ko‘pchilik uzoq vaqt foydalanadigan 9 ta buyum

O'qildi: 368


Uydagi aslida tez-tez almashtirilishi kerak bo‘lgan, ammo ko‘pchilik uzoq vaqt foydalanadigan 9 ta buyum

Ba’zi narsalar kerak bo‘lganidan ko‘ra uzoqroq saqlanadi va ishlatiladi. Yostiq jildi yoki suv filtri o‘z vaqtida almashtirilmasa, muammo manbaiga aylanishi mumkin. AdMe nashri ma’lum vaqtdan so‘ng almashtirish kerak bo‘lgan ro‘zg‘or buyumlarini sanab o‘tdi.

Suv filtri

Foto: AdMe

Ko‘pchilik suv filtrini foydalanish davomida yuviladi, deb o‘ylaydi. Aslida u tez-tez yangilanmasa, bakteriyalar uchun ko‘payish joyiga aylanishi mumkin. Uni o‘rtacha har olti oyda bir marta almashtirish tavsiya etiladi.

Dazmol

Foto: AdMe

Afsuski, barcha dazmollardan 10-12 yil davomida muammosiz foydalanib bo‘lmaydi. Ularga odatda 1 yilga kafolatga beriladi. Agar ushbu muddatdan keyin dazmol yaxshi ishlamasa, masalan, kiyimlarni dazmollash odatdagidan ko‘proq vaqt talab qilsa yoki hatto ularni kuydirib qo‘ysa, yangi texnika xarid qilish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Dazmolni almashtirish aslida uni ta’mirlash yoki yangi kiyim sotib olishdan ko‘ra kamroq qiyinchilik va xarajat talab qiladi.

Tozalash uchun lattalar

Foto: AdMe

Pol artish uchun ajratilgan matoni har 2 oyda o‘zgartirish tavsiya etiladi. Agar bu amalga oshirilmasa, eskirgan lattalar polni tozalamasligi, balki uni yanada ko‘proq ifloslantirishi mumkin. Chunki eski latta ustida mikrob va bakteriyalar to‘planishi turgan gap.

Vaziyat boshqa chang lattalar bilan bir xil. Ularni ham har 2 oyda bir marta o‘zgartirish va rakovina ostida yoki shkafda nam holida qoldirmaslik kerak. Eng keraklisi, ulardan har safar foydalanilgach yuvish va quritish lozim.

Eshik gilamchasi

Foto: AdMe

Eshik ostidagi gilamni almashtirish uyni toza saqlashga yordam beradi. U sotib olinganidan keyin 2 yil o‘tgach yoki avvalroq eskirgan bo‘lsa, almashtirilishi kerak. Shuning uchun bir nechta gilam xarid qilinsa, tez-tez almashtirib turish mumkin va buning uchun ko‘p vaqt sarflashning keragi bo‘lmaydi.

Yostiq jildlari

Foto: AdMe

Yostiq jildlarida chang to‘planishi tabiiy, shuning uchun ularni bir hafta davomida ishlatish mumkin va har 1-2 yilda esa o‘zgartirish tavsiya etiladi. Haftada bir marta choyshabni yuvishdan tashqari, yostiqqa chang o‘tkazmaydigan antiallergik qoplamalar qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, yostiq jildini bakteriyalarning ko‘payish joyiga aylantirmaslik uchun nam sochlar bilan yotmaslik kerak.

Vantuz

Foto: AdMe

Ushbu vosita bir necha yil xizmat qilishi mumkin. Uni almashtirish vaqti kelganini tushunish oson: vantuzdan foydalanganda vakuum hosil qilish kerak. Bordi-yu bunday qila olmasa va osilib qolsa, yangisini sotib olishga arziydi.

Avtokreslo

Foto: AdMe

Avtokreslolarning ham yaroqlilik muddati borligini ko‘pchilik bilmaydi. Materiallar vaqt o‘tishi bilan yomonlashadi va shuning uchun eskirgan qurilmalardan foydalanish xavfsiz bo‘lmasligi mumkin. Ularning xizmat qilish muddati 5-6 yil. Shuningdek, har bir model amal qilish muddatiga ega.

Mikroto‘lqinli pech

Foto: AdMe

Mikroto‘lqinli pechlar taxminan 10 yil xizmat qiladi, ammo bu vaqt ularni almashtirishning yagona sababi emas. Qurilmaning to‘g‘ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun u yoqilganda chiqaradigan tovushlarni tinglash kerak. Noodatiy tovushlarga qo‘shimcha ravishda, pechni yangisiga almashtirish sababi uning sekin ishlashi yoki eshigining ishdan chiqishi bo‘lishi mumkin.

Dush pardasi

Foto: AdMe

Dush pardalarini har oyda kamida ikki-uch marta yuvish va yiliga bir marta almashtirish tavsiya etiladi. Agar parda yetarlicha tozalanmay, unda mog‘or belgilari paydo bo‘lsa, uni olib tashlash va yangisini sotib olish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.