Kir yuvish mashinasida yuvish mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum
Uyda kir yuvish mashinasining borligi barcha kiyimni unda yuvish mumkin degani emas. Nega deysizmi?Cosmopolitan nashri yuqoridagi savolga batafsil javob berdi.
Foto: PinterestKiyimlar yorlig‘idagi to‘g‘ri yuvish ko‘rsatmalariga hamma ham e’tibor bermaydi, shuning uchun ba’zi kiyimlar muddatidan avval yaroqsiz holga keladi.
Cho‘milish kiyimi
Cho‘milish uchun mo‘ljallangan kiyimlar suvdan qo‘rqmaydi — axir, ular aynan shuning uchun ixtiro qilingan. Ammo ulardan foydalangandan keyin qo‘lda yuvish tavsiya etiladi. Bu, albatta, tez quriydigan elastik matoning xususiyatlari tufayli. U mashinada cho‘ziladi va asta-sekin o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Shuningdek, ularning rangi o‘chib ketishi, ilgaklari sinishi va tasmalari uzilib ketishi mumkin.
Mayda bezakli liboslar
Yodingizda bo‘lsin, bu kabi liboslar bilan ikki tomonlama zarar ko‘rish hech gap emas. Birinchisi, libosdagi mayda bezaklar kir yuvish mashinasiga zarar berishi mumkin. Albatta, mashinani tuzatish arzonga tushmaydi. Shuningdek, oqshom uchun mo‘ljallangan bezakli libosga putur yetishi tabiiy. Shuning uchun bunday liboslarni qo‘lda yuvib, quritish tavsiya etiladi.
Pidjak
Rasmiy uslubdagi pidjaklarni qo‘lda yuvish yoki kimyoviy tozalashga bergan ma’qul. Chunki kir yuvish mashinasida pidjakning shakli yoki astarlari o‘zgarishi mumkin.
Bo‘yinbog‘
Ko‘pchilik bo‘yinbog‘ini kir yuvish mashinasida yuvishga odatlangan. Lekin bu noto‘g‘ri. Bo‘yinbog‘lar bu usulda egasiga uzoq xizmat qilmaydi. Ularning ham shakli va rangida o‘zgarish yuz beradi.
Kepka
Kir yuvish mashinasining tezligi tufayli kepkaning qattiq qismi sinib ketishi hech gap emas. Shuning uchun ushbu bosh kiyimi, albatta, qo‘lda yuvilishi lozim.
Manba