Shirinliklar, yogurt, banan va och qoringa iste‘mol qilish tavsiya etilmaydigan boshqa mahsulotlar
Och qoringa iste’mol qilingan ba’zi mahsulotlar inson sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkin. Iste’mol qilish hissi qancha yuqori bo‘lsa ham och qoringa bu mahsulotlarni yeyish tavsiya qilinmaydi. “Noviy ochag” nashri shu kabi mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Foto: PinterestShirin pishiriqlar
Bulochkalarning tarkibida bo‘lgan xamirturush oshqozon devorlarini bezovta qiladi va gaz hosil bo‘lishining kuchayishiga olib keladi.
Foto: “Noviy ochag”Shirinliklar
Oshqozonga tushgandan keyin ba’zi shirinliklar insulin ishlab chiqarishni boshlaydi. Oshqozon bu holatni qabul qilolmaydi va natijada hazm qilish jarayonida muammolar yuzaga keladi. Agar shirinliklar muntazam iste’mol qilinsa qandli diabet kasalligi yuzaga kelishi mumkin.
Foto: “Noviy ochag”Yogurt va boshqa sut mahsulotlari
Och qoringa iste’mol qilingan yogurt va boshqa sut mahsulotlari organizmga zarar yetkazadi. Ularning tarkibidagi xlorid kislotasi barcha foydali bakteriyalarni nobud qiladi.
Foto: “Noviy ochag”Nok
Nok ovqatdan keyin iste’mol qilinsa foydali, biroq undan oldin yeyilsa og‘irlik hissini beradi va hattoki oshqozon shilliq qavatiga xavf soladi.
Foto: “Noviy ochag”Pomidor
Pomidorlar tanin kislotasiga boy, u xlorid(me’da shirasi)bilan reaksiyaga kirishganda kislota miqdorini oshiradi va bu oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin.
Foto: “Noviy ochag”Banan
Magniyga boy bananlar organizm uchun juda foydali, lekin agar siz kuningizni banan yoki banan qo‘shilgan biror narsa bilan boshlasangiz bilingki, uning tarkibidagi magniy tez so‘riladi va bu yurak mushaklarini ishdan chiqaradi.
Foto: “Noviy ochag”Bodring va boshqa yashil sabzavotlar
Siz kunni umuman salatlar bilan boshlamasligingiz kerak: xom sabzavotlar asta-sekin hazm bo‘ladi. Agar yetarli miqdorda me’da shirasi ishlab chiqarilmasa organizm sabzavotlar tarkibidagi kislotalarni parchalaguncha ular oshqozon faoliyatini buzishi mumkin.
Foto: “Noviy ochag”Na’matak
Na’matak qaynatmasi yoki kompoti S vitamini yetishmovchiligida tavsiya etiladi. Ularning tarkibidagi kislotalar kuchli, shu sabab qaynatma va kompotni och qoringa iste’mol qilish oshqozon kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin.
Foto: “Noviy ochag”Sut va pishloq
Proteinga boy mahsulotlar ovqatdan keyin iste’mol qilinsa foydali hisoblanadi, aks holda tana oqsillarni foydasiz tarkibiy qismlarga ajratadi va bu ham bir qancha kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Foto: “Noviy ochag”Mavzuga doir:
- Aqliy faoliyatni yaxshilashga yordam beradigan mahsulotlar
- Tunda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar
- Qarimaslik uchun tez-tez tanovul qilish tavsiya etiladigan mahsulotlar
- Sirka, zanjabil, bodring va salomatlikni yaxshilashga yordam beradigan boshqa detoks mahsulotlar
Manba