Salomatlik Ayollar uchun Oshxonada bakteriyalar qayerda to‘planadi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?

Oshxonada bakteriyalar qayerda to‘planadi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?

O'qildi: 374


Oshxonada bakteriyalar qayerda to‘planadi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?

Odatda bekajonlar oshxonada gaz, pech, muzlatkich va rakovinani tez-tez tozalaydi. Ammo eng ko‘p bakteriya yig‘iladigan joy bular emas. “Domashniy ochag” nashri o‘zida eng ko‘p bakteriya yig‘adigan jihozlar va ularni tozalash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.

Foto: “Domashniy ochag”

Gubka

Oshxonadagi eng zararli narsa — bu idish yuvish gubkasi. Aslida idishlarni yuvish uchun mo‘ljallangan gubka vaqt o‘tishi bilan ularda bakteriyalar sonini ko‘paytirishi ham mumkin. Shuning uchun gubkani oyiga kamida ikki marta yangilash va mikroto‘lqinli pechda dezinfeksiya qilish lozim.

Qahva qaynatgich

Foto: “Domashniy ochag”

Afsuski, ko‘pincha qahva qaynatgichda vaqt o‘tishi bilan mog‘or va boshqa bakteriyalar paydo bo‘ladi. Chayish uchun oyiga bir marta suv idishiga sirka, hidini yo‘qotish uchun esa yana suv quyiladi.

Uyali telefon

Foto: “Domashniy ochag”

Ovqat pishirayotganda telefonni oshxonaga olib borasizmi?Buni qilmaslik yoki hech bo‘lmaganda antibakterial salfetka bilan artib, iste’mol qilinadigan mahsulotlar yoniga qo‘ymaslik kerak. Chunki telefon odatda bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay joy hisoblanadi.

Idishlarni quritish uchun gilamcha

Foto: “Domashniy ochag”

Uni har kuni quritish kerak, aks holda shilimshiq va mog‘or uning yuzasida to‘plana boshlaydi. Iloji bo‘lsa, uning eskisidan butunlay voz kechish yaxshiroq. Idish yuvish mashinasi bo‘lmasa, toza idishlarni quyosh nuri tushadigan joyda quritish mumkin.

Oshxona sochiqlari

Foto: “Domashniy ochag”

Oshxona sochiqlari ham deyarli har kuni yangilanishi kerak. Patogen bakteriyalarning tarqalishi uchun bir kecha yetarli, shuning uchun ularni tez-tez o‘zgartirish tavsiya etiladi.

Oshxonada tozalash uchun tavsiya qilingan vositalar

Bug‘

Pech yoki mikroto‘lqinli pechni tozalashdan oldin ichiga bir piyola issiq suv qo‘yib, qaynatib olinadi. Bug‘ qurigan va sachragan yog‘ni yumshatib, tozalashni ancha osonlashtiradi. Xuddi shu tarzda, gaz atrofidagi kafellarni tozalashni ham osonlashtirish mumkin. Bir idishga suv solinadi va uni 10-15 daqiqa qaynatiladi, shunda iliq, nam havo kirni yumshatadi.

Limon

Maishiy texnika tez-tez almashtirib bo‘lmaydigan narsa. Yarim bo‘lak limon mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi yoki idish yuvish mashinasining yuqori tokchasiga bir tilim joylashtirib, yuvish jarayoniga qo‘yiladi, shunda yoqimsiz hidlar darhol yo‘qoladi.

Eruvchan tabletkalar

Hayron bo‘lmang, protezlarni tozalash uchun mo‘ljallangan tabletkalar yuzalardagi dog‘larni olib tashlash uchun juda mos keladi. Masalan, kostryulka, stakanlar, shuningdek, shisha va guldonlar.

Bolalar yog‘i

Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan yuzalarni tozalash uchun bolalar yog‘i ayni muddao. Toza lattaga ozgina yog‘ surtiladi va muzlatkichning ichki qismi artib olinadi. Yog‘ chiziqlarni qoldirmaydi va barmoq izlari bilan yaxshi kurashadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.