Salomatlik Ayollar uchun Kir yuvish mashinasi o‘rniga muzlatkichdan foydalanish mumkin bo‘lgan 10 ta holat

Kir yuvish mashinasi o‘rniga muzlatkichdan foydalanish mumkin bo‘lgan 10 ta holat

O'qildi: 440


Kir yuvish mashinasi o‘rniga muzlatkichdan foydalanish mumkin bo‘lgan 10 ta holat

Kir yuvish mashinasini kuni bilan ishlatish o‘rniga, unga ozroq dam ham berish kerak. Muzlatkich buning uchun yordam beradi. U djinsi shimlarni tozalashi, kiyimdagi hidlarni yo‘qotishi mumkin. “Domashniy ochag” nashri muzlatkichning yana bir qancha foydali tomonlaridan unumli foydalanishni tavsiya etadi.

Sviterlarning yungi to‘kilishining oldini oling

Foto: “Domashniy ochag”

Yumshoq sviterning doimo kiyim, keyin lablar va kipriklarda yungini ko‘rish mumkin. Sovitkichdan, aniqrog‘i, buning uchun muzxonadan foydalanish kerak. Sviter paketga solinadi va muzxonaga joylashtiriladi. Bir necha soat o‘tgach, sovuqda mato tolalari bir-biriga yopishadi va ular to‘kilishidan to‘xtaydi. Bu usul, ayniqsa, jun va kashmir uchun ayni muddao.

Djinslarni tozalash mumkin

Foto: “Domashniy ochag”

Agar sevimli djinsi kiyim tez-tez yuvilsa, tabiiyki, uning rangi ham o‘cha boshlaydi. Buning o‘rniga ularni vaqti-vaqti bilan muzlatkichga qo‘yish kerak. Nima uchun muzlatkichda?Chunki har safar djinsi mato tezroq eskiradi va ranglari o‘chadi. Muzlatkichda esa yoqimsiz hidni keltirib chiqaradigan bakteriyalar sovuqdan o‘ladi.

Yangi poyabzallarni kengaytiradi

Foto: “Domashniy ochag”

Ba’zida yangi poyabzal shu qadar oyoqlarni qiynaydiki, uni imkon qadar kiymaslikka harakat qilish mumkin. Lekin suv va sovuq harorat yordamida noqulay poyabzallarni kengaytirish mumkin. Ikkita paketni suv bilan to‘ldirib, ular oyoq kiyimga joylashtiriladi va muzlatkichga qo‘yiladi. Suyuqlik muzga aylanganda, hajm kengayadi va poyabzallarni muammosiz cho‘zadi.

Kiyimdagi saqich izlarini olib tashlang

Foto: “Domashniy ochag”

Hayotda kamida bir marta bunday holat deyarli har bir inson bilan sodir bo‘ladi. Faqat buyumni mashinada yuvishga shoshilmaslik kerak, o‘rniga bir necha muz bo‘lagi olinadi yoki buyum muzlatkichga qo‘yiladi. Buyum sovitilganda, molekulalar orasidagi yopishqoqlik zaiflashadi va qattiqlashgan sovuq saqich kiyimdan olib tashlash osonroq bo‘ladi.

Poyabzal tag qismi

Foto: “Domashniy ochag”

Albatta, botinkalar bilan ham bu muammoni shunday bartaraf etish mumkin. Avval ular muzlatkichda saqlanadi va shundan keyingina yopishqoq moddani tozalash kerak.

Oyoq kiyimining hidini bartaraf etish mumkin

Foto: “Domashniy ochag”

Agar oyoq kiyimdan noxush hid kelayotgan bo‘lsa, xuddi djinsi shimlarda bo‘lgani kabi, sovuq harorat bakteriyalarni o‘ldiradi. Agar bunga amal qilinsa, qayerda bo‘lsa ham poyabzalni yechishdan uyalmaydi.

Kuyadan asraydi

Foto: “Domashniy ochag”

Uyda paydo bo‘lgan kuy garderobdagi barcha kiyimlarni teshib chiqadi. Shuning uchun barcha kiyimlarni muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi. Lekin ularni asta-sekin yengish mumkin. Kiyimlarni 24 soatga qoldirib, keyin odatdagidek yuviladi.

Choyshabni yangilang

Foto: “Domashniy ochag”

Yostiq, matras qoplamalari va adyolni yangilash uchun ularni har safar yaxshilab yuvish shart emas. Buning o‘rniga ularni muzlatkichga qo‘yib, bir kechaga qoldirish kerak. Muzlatkich bakteriyalarni o‘ldirish uchun ajoyib joy. Shuning uchun bu imkoniyatdan foydalanishni unutmaslik lozim.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.