Oshxona jihozlaridan unumli foydalanishning 15 ta usuli
Oshxona jihozlarining aksariyatidan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Muzqaymoq qoshig‘i gamburger tayyorlashga yordam beradi
Foto: “Domashniy ochag”Gamburger uchun bir xil kotletlarni tayyorlashning eng oson yo‘li muzqaymoq qoshig‘idan foydalanishdir. Kotletlar uchun qiymali aralashma tayyorlanadi va ularning barchasi bir xil o‘lchamda bo‘ladi. Faqat keyin uni yaxshilab yuvishni unutmaslik zarur.
Pitssa kesadigan salat uchun foydali
Foto: “Domashniy ochag”Pitssa kesadigan ko‘kat va boshqa salat mahsulotlarini yaxshi kesib tashlaydi va ular ajoyib ko‘rinishga keladi.
French-press qaymoq ko‘pirtirish uchun
Foto: “Domashniy ochag”Mikser yo‘qmi?Muammo emas. Qaymoqni french-pressga quyib, qopqog‘i mahkam yopiladi, so‘ngra qaymoq qalinlashguncha dastagi ko‘tarib tushiriladi.
Mazali choy uchun
Foto: “Domashniy ochag”French-press choy yoki qahva uchun ham qo‘l keladi.
Keks qolipida suvni muzlatish mumkin
Foto: “Domashniy ochag”Shirinlik uchun mo‘ljallangan turli shakldagi qoliplarda muz bo‘laklarini hosil qilish mumkin. Ayniqsa, ziyofat dasturxoni uchun bu ajoyib g‘oya.
Ko‘katlar uchun
Foto: “Domashniy ochag”Yana shunday qoliplarga zaytun yog‘i quyib, ko‘katlarni ham muzlatish mumkin. Keyingi safar sho‘rva tayyorlanganda ularni butunligicha taomga qo‘shish tavsiya etiladi.
Tuxum kesgich avokado uchun
Foto: “Domashniy ochag”Agar tuxum kesgichni faqat tuxum uchun foydali deb hisoblasangiz, yana o‘ylab ko‘ring. Bu avokado, sariyog‘, qo‘ziqorin, qulupnay va boshqa ko‘plab mahsulotlarni kesishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p qirrali vositadir.
Blender tovuq maydalash uchun
Foto: “Domashniy ochag”Qaynatilgan tovuqni maydalash kerakmi?Faqat blenderni oling. U tovuq go‘shtini salat, sho‘rva va boshqa mazali taomlar uchun mukammal tarzda maydalaydi.
Qahva qaynatkichda suli pishirish mumkin
Foto: “Domashniy ochag”Qahva qaynatkich idishiga qahva o‘rniga suli yormasi solinadi va uskuna yoqiladi. U yorma ustiga qaynoq suv quyib, nonushta tayyorlaydi.
Kartoshka tozalagich selder uchun
Foto: “Domashniy ochag”Odatda faqat kartoshkani tozalash uchun ishlatiladigan pichoq selder, sabzi, qovoq va olmalarni tozalashda juda yaxshi ishlaydi.
Yana qulupnay ham tozalash mumkin
Foto: “Domashniy ochag”Kartoshka tozalagich qulupnay “dumi”larni ehtiyotkorlik bilan olib tashlaydi.
Olma kesadigan piyozni ham to‘g‘raydi
Foto: “Domashniy ochag”Piyozni to‘g‘rash doim ko‘zlarni achishtirsa, uni olma kesadigan yordamida kichik bo‘laklarga bo‘lish mumkin.
Qirg‘ich saryog‘ni eritishga yordam beradi
Foto: “Domashniy ochag”Pishirish paytida sariyog‘ni maydalash uchun oddiy qirg‘ichdan foydalanish mumkin. Bu uni muzlatkichdan oldindan olishni unutganda, uni tezroq eritishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu moyni boshqa mahsulotlar bilan osonroq aralashtiradi.
Suzgich yordamida limon sharbati olinadi
Foto: “Domashniy ochag”Avval limonni siqib, keyin uning urug‘larini olib tashlashda filtrdan foydalanish mumkin. Uni suzgich ustida ushlab turib, limonni ishqalash va sharbatini yanada ko‘proq olish mumkin.
Qovun qoshig‘ida olma tozalash mumkin
Foto: “Domashniy ochag”Qovun qo‘shig‘i yordamida olma o‘rtasidagi qattiq qism va urug‘larni osongina olib tashlash mumkin.
Manba