Uydagi chumolilardan qanday qilib butunlay qutulish mumkin?
“Domashniy ochag” nashri havola etgan oddiy usullar tufayli chumolilar bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Chumolilar inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkinmi?
Milliy yovvoyi tabiat federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda chumolilarning 12 000 dan ortiq turi mavjud. Ularning aksariyati odamlar uchun zararsizdir.
Biroq chumolilar kasalliklar yoki infeksiyalarning potentsial tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Misol uchun, 2019-yilda hasharotlarni o‘rganishda Monomorium chumolilari odamlar uchun xavfli bo‘lgan patogen bakteriyalarni olib yurishi mumkinligini aniqladi. 2005-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda, odatda uy chumolisi astma va nafas olish allergiyasini keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi.
Uydagi chumolilarni nima o‘ziga tortadi va ulardan qanday qutulish mumkin?
Avval uyingizda chumolilarni aniq nima chaqirishini aniqlash kerak. Idishning yon tomonidagi yopishqoq tomchi asalmi yoki rakvinadagi yuvilmagan qoshiqmi, har doim nimadir bor. Imkon bo‘lsa, chumoli yoki umuman hasharotlarni o‘ziga chaqiradigan chiqindilarni chiqarib tashlash kerak, shunda chumolilar o‘z-o‘zidan uyni tark etadi.
Chumolilar feromonlar yordamida oziq-ovqat izlaydi. Bu feromonlar boshqa chumolilar uchun iz qoldiradi. Har qanday holatda ham ulardan qolgan izlardan xalos bo‘lish kerak. Buni sirkani suv bilan 1:3 nisbatda aralashtirish orqali amalga oshirish mumkin. Shunchaki aralashma chumolilar mavjud bo‘lgan har qanday joyga sepiladi.
Chumolilarga qarshi xalqona usullar
Maydalangan qora yoki qizil qalampir
Qora yoki qizil qalampir chumolilar uchun tabiiy vositadir. Haqiqat shundaki, hasharotlarga uning hidi yoqmaydi. Buning uchun qalampir faqat plintus va jihozlar atrofiga sepiladi.
Yalpiz
Yalpiz chumolilar va chivin kabi boshqa hasharotlarni samarali daf eta oladigan ajoyib vositadir. Yalpizdan qanday foydalanish kerak?
- 10-20 tomchi yalpiz efir moyini 2 stakan suv bilan aralashtiriladi.
- Aralashma uy plntus va derazalari atrofiga sepiladi.
- Suyuqlik qurigach oldingi jarayon yana takrorlanadi.
Chumolilar xaritaga o‘xshash feromon izini qoldiradi. Shisha tozalagich va yuvish vositasidan foydalanish usuli chumolilarning uyga qayta kirib kelishidan saqlaydi.
Buni qanday qilish kerak:
- Shisha tozalagichni idish yuvish uchun suyuqlik bilan aralashtirib, idishga quyiladi.
- Chumolilar ko‘p bo‘lgan joylarga sepiladi.
- So‘nga aralashma sepilgan joylar artib olinadi.
Chumolilarni qaytarish uchun limon sharbatini sepish mumkin, shu bilan feromon izlari olinib, oziq-ovqat hidini niqoblash mumkin. Shuningdek, shkafga limon po‘stini ham qo‘yish mumkin.
Uyda chumolilardan qutulishga yordam beradigan yana bir necha usullar mavjud:
- Oziq-ovqat qoldiqlari chumolilarni o‘ziga chaqirishi mumkin, shuning uchun ovqatdan so‘ng darhol stoldan ishlatilgan idishlarni olib tashlash kerak.
- Eshik va derazalardagi barcha yoriqlar va teshiklarni tuzating.
- Shirinliklarni yashiring. Oziq-ovqatlarni, ayniqsa asal, chinor siropi va shakarni havo o‘tkazmaydigan idishlarda yoki folga yoki plastmassa o‘ralgan holda saqlanishi lozim.
- Chiqindilarni yopiq holda saqlang va axlatni olib chiqqandan keyin qoldiqlarni tekshiring.
- Tuproq ostida hasharotlar uyalari borligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan chumolilar to‘dasi biln o‘simliklarini tekshiring. Zarar ko‘rgan o‘simliklarni tashlash lozim
- Chumolilarning o‘simlik tuprog‘iga joylashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tuproqni sitrus po‘stlog‘i — limon yoki apelsin bilan yoping.
- Uyni toza tuting. Uyning tashqi devorlari va derazalarida joylashgan har qanday uzum yoki boshqa o‘simliklarni kesib tashlang.
- Chumolilar shakar, asal va makkajo‘xori uni kabi shirin va kraxmalli ovqatlar qoldig‘iga tez yopishadi. Shunday qilib, chumolilarni qo‘rqitishning eng yaxshi usullaridan biri — ularning ziyofati uchun tayyor oziq-ovqat manbalari yo‘qligiga ishonch hosil qilishdir.
- Oziq-ovqatlarni mahkam yopiq idishlarda yoki plastik qoplarda saqlash kerak
Manba