Qishki kiyim-kechak va poyabzallarni keyingi mavsumgacha yaxshi saqlashga yordam beradigan 10 ta layfxak
Bir necha oddiy qadamlar nafaqat qishki kiyimlarni yaxshi holatda saqlashga, balki joyni tejashga yordam beradi. Hammasi oddiy!
Qishki narsalarni saqlash uchun yig‘ish
Ishni saralashdan boshlang
Koridor shkafidan kiyim-kechaklarni olib bir joyga yig‘ing. Shapka, telpak, sharflar, qo‘lqoplarni unutib qoldirmang.
Ularni 3 ta turga ajrating:
- Quruq tozalash kerak bo‘lgan narsalar;
- Yuviladigan narsalar;
- Va endi hech narsaga yaramaydigan kiyimlar — ularning joyi uydan tashqarida.
( Darvoqe, biz koridordagi shkafni deyarli bo‘shatib qo‘ydik: vaqtdan foydalanib uni changdan artib tashlaymiz.)
Kir yuvish va quruq tozalash
To‘g‘ri, unchalik ko‘p kiyilmagan, kir bo‘lmagan kiyimlarni qaytadan yuvib, tozalashni xohlamasligingiz aniq, lekin bu kerak. Har qanday kiyimda dezodorantlar, parfyumeriya, ter hidi, ovqat qoldiqlari va hokazolar qoladi. Bularning barchasi hozir sezilmasligi mumkin va bir necha oydan keyin dog‘lar paydo bo‘ladi va ularni ketkazish juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun agar siz kiyimingizni asramoqchi bo‘lsangiz, ularni yuvishingiz va tozalashingiz kerak bo‘ladi. Pidjak va paltolarning yoqalariga va manjetlariga alohida eʼtibor bering.
Qishki kiyimlarni to‘g‘ri saqlash
Foto: “Noviy ochag”
Jun va to‘qilgan kiyimlar
Ular plastik qoplarda, kimyoviy tozalash paketlarida va plastik idishlarda saqlanmaydi. Bunday narsalar “nafas olishi” kerak, aks holda, siz kelgusida ulardan mog‘orlangan, yoqimsiz hidni topasiz. Agar siz allaqachon plastik kiyim idishlarini sotib olgan bo‘lsangiz, ularda havo almashish uchun teshiklar oching. Sizda bunday idish umuman yo‘q bo‘lsa, kiyimlarni changdan himoya qilish uchun toza paxta yostiq jildiga yig‘ib solib, shkaflaringizning yuqori javonlariga qo‘ying.
Eng og‘ir narsalarni pastki qismga va yengilroqlarini esa tepaga qo‘ying. Barcha kiyimlarni mato turiga ko‘ra ajratgan maʼqul, yupqa bluzkalarni jun sviterlar bilan birga qo‘ymang, aks holda, ular juda ko‘p g‘ijim bo‘ladi. Aytgancha, konteynerlar va qutilarga narsalarni vertikal ravishda taxlashdan qo‘rqmang, ular shu tarzda yaxshiroq saqlanadi va deyarli burishmaydi. Chunki bu holda har bir narsaga minimal bosim tushadi.
Qutilar va qoplarni qorong‘i, issiq bo‘lmagan, yaxshi shamollatiladigan xonada saqlang. Qishki narsalarni saqlash uchun yotoq karavoti ostidagi joydan ham foydalanishingiz mumkin.
Uzun kiyimlar
Shkafda joy bo‘lsa, u holda issiq jun ko‘ylaklar, palto va plashlarni olish, umuman, taxlab qo‘yish kerak emas. Ularni bir tomonga siljitish(yoki bir qismga osib qo‘yish)va ularni shkaf ilgichlarida qoldirish yaxshiroqdir. Chang bo‘lishidan qo‘rqsangiz, matoli yopinchiqlardan foydalaning, lekin sellofan emas va quruq tozalash vositalarini qoplaydigan plyonkadan ham emas. Barcha tugma va cho‘ntaklarni yopganingizga ishonch hosil qiling.
Foto: “Noviy ochag”
Kiyimlarni kuyalardan himoya qilish uchun cho‘ntaklaringizga ularga qarshi vosita solib qo‘ying. Ularni tayyorlash juda oddiy: bir parcha doka matosiga xohishingizga ko‘ra dafna yaprog‘i, qalampir, yalpiz, lavanda barglaridan qo‘yib tugunlab bog‘lang.
Shapka va sharflar
Barcha kiyimlarda bo‘lgani kabi ularni ham yaxshilab yuving va quriting. Oddiy poyabzal qutilari ularni saqlash uchun juda qo‘l keladi. Bunday qutilar maxsus idishlar o‘rniga ishlatilishi mumkin. O‘z shaklini ushlab turishi kerak bo‘lgan shapkalarni qog‘oz bilan to‘ldirgan va buklamagan maʼqul.
Qishki poyabzallarni saqlash
Ularni yuvib tozalagach, yaxshilab qurishiga ishonch hosil qiling. Oyoq kiyimlarini maxsus kremlab, yanada quruq bo‘lishi uchun ichiga isteʼmol sodali qopchalarni joylashtiring. Darvoqe, tabiiy jundan tikilgan oyoq kiyim va uggi botinkalari, shunga o‘xshash poyabzallarni kuya yeyishni osongina boshlashi mumkinligini yodda tuting. Shu bois, etik solingan qutiga, albatta, kuya dori solishni unutmang.
Manba