Uy bekalari uchun oshxonada asqatadigan 17 ta layfxak (foto)
Pazandalikni yaxshi ko‘radigan yoki uni professional darajada biladigan odamlar ham hech qachon yangi layfxaklarni o‘rganishdan bosh tortmaydi. Axir zavq bilan pishirilgan taom maza jihatidan hammaga ma’qul kelishi tabiiy. Shuning uchun vaqt, kuch va eng muhimi, asablarni asrashga yordam beradigan maslahatlarni bilib olish zarar qilmaydi. AdMe nashri bekajonlar uchun faqatgina foydali bo‘lgan layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Oziq-ovqatlarni muz qolipida muzlatib qo‘ying
Muz bo‘laklarini saqlaydigan idish oshxonada ko‘p qirrali yordamchidir. Unda har qanday oziq-ovqat mahsulotini muzlatish mumkin. Masalan, bulyonning muzlatilgan bo‘laklari bizga quyuq taomlarni tovada qizdirish, makaron yoki donni yanada mazali qilib pishirishda yordam beradi. Bu kabi qoliplar sous, tomat pastasi, sut, sharbatni muzlatish uchun ham ayni muddao.
Tuxumni limon bilan qaynatib oling
Tuxum tozalashni osonlashtiradigan ko‘plab usullar mavjud. Yana bir layfxak — ularni qaynatishdan oldin, suvga bir bo‘lak limon solish kerak. Shundagina tuxum po‘chog‘i osongina ajraladi va bir necha daqiqani tejash ham mumkin.
Pergamentni qisqichlar bilan qolipga mahkamlang
List uchun mo‘ljallangan pergament qog‘ozi surilib, qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Uni tekis joylashtirish uchun qog‘ozni qisqichlar bilan mahkamlash kifoya. Ushbu layfxak xamirni bir tekis taqsimlash va uni qo‘llar bilan ushlamaslik imkonini beradi. Qolip to‘ldirilgandan so‘ng qisqichlarni olib tashlash kerak.
Ziravorlarni suzgich yordamida seping
Nafaqat shakar yoki un uchun, balki suzgich ziravorlarni ham go‘sht yuzasiga bir xilda taqsimlashga yordam beradi. Faqat ziravorlar maydalangan bo‘lishi lozim, aks holda suzgich teshigiga tiqilib qoladi.
Piyoz ko‘zni achishtirmasligi uchun uni bir muddat mikroto‘lqinli pechga qo‘ying
Piyoz ko‘zni achishtirishi hech kimga sir emas. Ammo uni 45 soniya davomida mikroto‘lqinli pechga qo‘yish bu muammoni bartaraf etadi. Issiqlik piyozdagi achishtiruvchi kimyoviy moddalarni parchalaydi va uni osongina to‘g‘rab olish mumkin.
Pishiriq qolipiga shakar seping
Yog‘langan qolipga un emas, shakar shakar sepilsa, u erib ketadi. Natijada pirog va shirinliklarni pastki qismi ham mazali chiqadi.
Murabbo yoki pirog uchun rezavor va mevalarni tuzlang
Agar rezavor yoki mevalarning ko‘proq sharbati kerak bo‘lsa, ularga bir chimdim tuz qo‘shish lozim. Bu maqsadga tez va oson erishishga imkon beradi.
Bulyon uchun avval tovuqlarni qovurib oling
Tovuq bulyonini yanada xushbo‘y va mazali bo‘lishi uchun suyak va sabzavotlar odatda pechda pishiriladi. Lekin quruq tovada bo‘yin, qanot yoki son suyaklarini qovurish, keyin go‘shtning qolgan qismi taomga qo‘shish mumkin.
Yopishqoq va kukunli mahsulotlarni to‘g‘ri tartibda o‘lchang
Agar retseptda kukunli, suyuq mahsulotlar bo‘lsa, avvalambor ularni o‘lchab solish kerak. Chunki ularning oz yoki ko‘p bo‘lishi pishirilayotgan mahsulotga ta’sir qilishi mumkin.
Sariyog‘ni fen yordamida yumshatib oling
Agar sariyog‘ muzlab qolgan bo‘lsa, uning erishini kutishning keragi yo‘q. Shunchaki fen yordamida uni issiq harorat bilan tezda eritib olish mumkin.
Agar makaron ko‘p pishirilgan bo‘lsa, uni yuvish kerak
Odatda makaron pishganidan keyin yuvish tavsiya etilmaydi. Lekin uning miqdori ko‘p bo‘lsa, keyinroq ular qayta isitilsa, bunday holda, ularni iliq suv bilan yuvish yoki mahsulotga ozgina suyuqlik qo‘shish kerak. Bu qayta qizdirilganda, makaronning ta’mini yaxshilaydi.
Muz bo‘laklari yordamida taomni sovitish mumkin
Ba’zan taomlarni tezroq qaynashdan to‘xtatish kerak. Agar gaz o‘chirilsa ham, bu bir zumda sodir bo‘lmaydi. Ammo muzlatilgan ko‘katlar yoki bulyonlar taomni tezroq sovitishga yordam beradi.
To‘g‘ralgan sabzini muzlatkichda saqlang
Hamma taomga deyarli sabzi to‘g‘rab solinadi. Shuning uchun uni vaqtida ko‘proq to‘g‘rab, muzlatkichda saqlash mumkin. Bu har kuni ularni to‘g‘rashga vaqt olmaydi.
Pechenye uchun xamirni muzlatib qo‘ying
Agar tez-tez pechenyelar pishirishni yoqtirsangiz, ularning xamirini dumaloqlab muzlatkichda saqlash mumkin.
Qiymani sanchqi bilan aralashtiring
Ko‘pchilik qiymani qo‘l bilan aralashtirishni yoqtirmaydi. Ammo blenderda aralashtirilgan qiyma biroz yumshoq va suvli bo‘ladi, natijada ulardan kotlet tayyorlash qiyinlashadi. Shuning uchun sanchqi bu borada eng yaxshi tanlov hisoblanadi, ziravorlar bir tekisda taqsimlanadi, qiymaning yog‘i chiqib ketmaydi.
Manba