Oq kiyimdagi dezodorantdan qolgan dog‘larni ketkazishning tez va oson usuli
Endi sevimli oq rangli ko‘ylakdagi dezodorantdan qolgan sariq dog‘lar uni tashlab yuborish uchun sabab bo‘la olmaydi. Uy sharoitida ulardan tez va oson qutulish mumkin.
Buning uchun kerak bo‘ladi:
- 1 stakan sirka kislotasi;
- 0,5 stakan isteʼmol sodasi;
- 1 osh qoshiq tuz;
- 1 osh qoshiq vodorod peroksid.Foto: “Noviy ochag”
Ko‘rsatma:
Aksariyat odamlarning fikricha, kiyimdagi sariq dog‘lar ter izlaridir. Ammo bu mutlaqo xato — bunday dog‘lar alyuminiyni o‘z ichiga olgan antiperspirantni qo‘llashdan keyin terida yuzaga keladigan reaksiya natijasida hosil bo‘ladi. Kiyimlarni asl oqligini qaytarish uchun ularni sirkali eritma suvda 20 daqiqa ushlab turing(2 stakan iliq suvga 1 stakan sirka nisbatida).
Foto: “Noviy ochag”Kiyimni yaxshilab siqib oling va ustiga toza paxmoq sochiq bostiring. Sarg‘aygan matoga isteʼmol sodasi, tuz va vodorod peroksidni aralashtirib, hosil bo‘lgan pastani quyuq qilib surib chiqing. Uni 20-30 daqiqaga qoldiring.
Foto: “Noviy ochag”So‘nggi jarayon ko‘ylakni kir yuvish mashinasida boshqa oq kiyimlar bilan birga yuving — hech qanday dog‘ izi qolmaydi.
Foto: “Noviy ochag”
Manba