Salomatlik Ayollar uchun Poyabzallarni yangidek saqlash va oyoqlarga ziyon yetkazmasligi uchun 14 ta noodatiy layfxak

Poyabzallarni yangidek saqlash va oyoqlarga ziyon yetkazmasligi uchun 14 ta noodatiy layfxak

O'qildi: 310


Poyabzallarni yangidek saqlash va oyoqlarga ziyon yetkazmasligi uchun 14 ta noodatiy layfxak

Bu hammamiz bilan tez-tez sodir boʻladi: doʻkonda poyabzal bejirim koʻrinadi va oyoqlarimizga loppa loyiq keladi. Ammo uyda ular qattiq va kuchli ishqalanishlari maʼlum boʻladi, ularni koʻchaga chiqishning imkoni yoʻqdek tuyuladi. Yaxshiyamki, bizda koʻplab poyabzal muammolari uchun samarali yechimlar mavjud, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Qadoq(kallus)dan himoyasi

Oyoqda qadoqning va shishlar paydo boʻlishining oldini olishda shunchaki sharikli dezodorant yordam beradi. Teriga oz miqdorda undan surting va toʻliq quriting. Ishonch hosil qilish uchun dezodorantni poyabzalning ichki qismiga ham surtib qoʻying.

Sirpanchiq taglik

Foto: “Noviy ochag”

Yangi poyabzal juda ham sirgʻanchiqmi?Oyoq kiyim tagini “najdak” qogʻoz bilan ishqalab koʻring. Lekin kuchli emas: vaziyatni rasolash uchun materialning juda nozik qatlamini olib tashlash kifoya.

Poyabzal gʻijirlasa

Gʻayrioddiy chiyillash sizni aqldan ozdiradimi?Yangi poyabzaldan voz kechishga shoshilmang — bu kamchilikni tuzatish mumkin. Oyoq kiyimingizga oz miqdorda chaqaloqlar uchun moʻljallangan kukundan sepib qoʻying. Iloji boʻlsa, kukun butun taglik boʻylab tarqalsin. Bunday chora poyabzalni tashkil etuvchi qismlarning yopishishini yaxshilaydi va u xirillashni toʻxtatadi.

Oyoq kiyim yuzasidagi chiziqlar

Foto: “Noviy ochag”

 

Haqiqiy charm poyabzalda burmalar paydo boʻlgan boʻlsa, shikastlangan joyni nam mato bilan oʻrang va bugʻ bilan ishlov bering. Oyoq kiyimni asl koʻrinishiga toʻliq qaytarish dargumon, ammo bu usuldan keyin u ancha yaxshi koʻrinadi.

Ogʻriqdan xalos boʻling

Foto: “Noviy ochag”

Baland poshnali poyabzallarni afzal koʻrsangiz, ularni uzoq vaqt davomida kiyganingizda ikkinchi va uchinchi barmoqlar oʻrtasida paydo boʻladigan ogʻriq sizga begona emas. Buning sababi asab tolasining siqilishi va oyoqdagi qon aylanishining buzilishidir. Baland poshnalarning salbiy taʼsirini kamaytirish uchun uchinchi va toʻrtinchi barmoqlarni tibbiy plastir yordamida bogʻlab qoʻying. Bu muvozanatni oʻzgartirishga va asab tugunlaridan zoʻrayishni bartaraf etishga yordam beradi.

Etik usti qismlarining torligi

Etiklaringizning ustki qismini biroz kengaytirish uchun ichini oʻralgan gazetalar bilan mahkam qilib toʻldiring. Oyoq kiyimlarini bir necha kunga qoldiring. Soʻng ularni qaytadan kiyib koʻring. Lozim boʻlsa, bu usulni yana takrorlang.

Flip flop teriga ishqalanganda

Foto: “Noviy ochag”

Flip-floplar eng qulay poyabzal turlaridan biri hisoblanadi, ammo ular ham baʼzan noqulaylik tugʻdirishi mumkin. Agar tasmalar rezina boʻlsa, teriga ishqalanadi. Tasmalarni ipak yoki atlasdan iborat yumshoq mato bilan oʻrang.

Oyoqlar hidlansa

Oyoq kiyimlaringiz yomon hidlayaptimi?Unga bir necha quruq choy paketini bir kecha davomida qoʻying. Ertalabgacha begona hidlardan asar ham qolmaydi.

Suvdan qolgan dogʻlari

Suv koʻpincha charm poyabzalda xunuk chiziqlar va dogʻlar qoldiradi. Ulardan qutulish juda oson. Kichik miqdordagi tish pastasi va isteʼmol sirkasini aralashtiring. Tayyorlangan kompozitsiya bilan poyabzallarni tozalang va yuvib tashlang.

Rezina poyabzal

Farzandingizni tasodifiy yiqilishdan himoya qilish uchun rezina poyabzal tagiga bir necha boʻlak issiq yelim tomizing.

Namlikdan himoya qilish

Foto: “Noviy ochag”

Toʻqima poyabzallarni asal yarmarkalarida yoki xususiy asalarichilardan sotib olish mumkin boʻlgan asal mumi bilan ishlov berish orqali namlikdan saqlang. Oyoq kiyimni mahsulotning bir qismi bilan ishqalang, soʻngra uni soch feni bilan yaxshilab isitib oling. Mum butunlay erishi va namlik oʻtkazmaydigan qatlamni yaratishi lozim.

Terini himoya qilish

Foto: “Noviy ochag”

Oyoqda qadoq va shishlarning paydo boʻlishining asosiy sababi poyabzalning ichki yuzasi hisoblanadi. Ziyon yetishi mumkin boʻlgan terining shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun oyoqlarni soch uchun moʻljallangan lak seping.

Oyoq kiyim yaraqlab turishi uchun

Foto: “Noviy ochag”

Xiralashgan loklangan poyabzallarning yaraqlab turishini tiklash uchun ularga har qanday oyna tozalagich vositasini qoʻllang, soʻngra ularni yumshoq mato bilan artib oling.

Poyabzal qattiqlik qilsa

Foto: “Noviy ochag”

Yangi poyabzallarni sindirish bir necha kun, baʼzan haftalar davom etishi mumkin. Endi bu qiyinchilikka hojat yoʻq!Oyoq kiyimni qalin jun paypoqlar bilan kiying va materialni fen bilan yaxshilab isiting, eng tor joylarga alohida eʼtibor bering.

Oyoqlar koʻp terlasa

Foto: “Noviy ochag”

Gipergidroz — koʻpchilikka tanish boʻlgan muammodir. Oyogʻingiz ostiga kunlik gigiyenik yostiqchalardan qoʻyib, oyoq kiyimingizni terdan saqlang. Zarur boʻlganda uni yangisiga almashtiring va poyabzalingiz ortiq hidlanmaydi.

Tirnalishlar

Tibbiy yoki texnik vazelin loklangan poyabzal yuzasidagi tirnalgan joylarni ketkazishga yordam beradi. Mahsulotning oz miqdorini shikastlangan joyga paxta yordamida surting va yumshoq harakatlar bilan artib oling.


 

 




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.