Salomatlik Ayollar uchun Kiyimlar yoqasidagi tonal krem dog‘larini qanday qilib oson tozalash mumkin?

Kiyimlar yoqasidagi tonal krem dog‘larini qanday qilib oson tozalash mumkin?

O'qildi: 299


Kiyimlar yoqasidagi tonal krem dog‘larini qanday qilib oson tozalash mumkin?

Kosmetikadan foydalansangiz, ertami-kechmi kiyimingizga dog‘lar tushishi aniq. Hamma narsani ehtiyotkorlik bilan qilsangiz ham ko‘ylak yoki boshqa kiyimlarning yoqasi vaqt o‘tishi bilan ifloslanishi mumkin. Dog‘ tekkan libosda o‘zingizni noqulay his qilasiz, biroq kiyimlarga tekkan tonal krem dog‘larini oson va tez ketkizishga yordam beradigan ko‘plab usullar mavjud.

Foto: “Noviy ochag” 

 Qanday qilib kiyimga makiyaj dog‘lari tegishining oldini olish mumkin?

Agar tonal krem ​​yoki pudradan foydalanmasangiz uyda kiyib yuradigan kiyimingizda bo‘yanishingiz yoki uning xalat kiyishingiz va kurtka yoqasi yuzingizga tegmasligi uchun har doim sharf yoki ro‘molni ishlatishingiz mumkin. Bu variantlarning birortasi sizga mos kelmasa, bir necha daqiqada muammoni hal qiladigan bir nechta foydali layfxaklarni bilishingiz kerak.

Dog‘ tekkanini sezganingizdan keyin darhol uni olib tashlashga harakat qiling. Matoni ortiqcha ishqalab tortmang, chunki matoga singib ketgan dog‘ni olib tashlash ancha qiyin.

Kurtka yoqasi va yorqin rangli bluzkalardagi tonal krem dog‘ini qanday qilib oson tozalasa bo‘ladi?

Har xil kosmetik mahsulotlarning dog‘larini tozalashda eng yaxshi mahsulot yog‘li asosga ega bo‘lmagan mahsulot hisoblanadi. Bu mahsulotni qo‘llashda ehtiyot bo‘ling va qo‘llaringiz toza bo‘lsin.

Foto: “Noviy ochag” 

Mitselyar suv

Paxtali yostiqchani mitselyar suv bilan ho‘llab oling va dog‘ tekkan joylarni yaxshilab arting. Dog‘ni yo‘qotishdan oldin paxtali yostiqchani bir necha marta almashtirish kerak bo‘lishi mumkin. Namlik qurib ketguncha kuting va toza bo‘lgan ko‘ylagingizni kiying. Ushbu layfxakni qo‘llaganingizdan keyin ko‘ylagingizda hech qanday dog‘ qolmaydi va narsangiz yangidek ko‘rinadi.

Foto: “Noviy ochag” 

Shuningdek mitselyar suv oq poyafzaldagi sariq qoplamani olib tashlashga yordam beradi va lab bo‘yog‘i dog‘larini tozalaydi.

Makiyajni tozalash uchun ishlatiladigan salfetkalar

Agar ofisda yoki yo‘lda bo‘yanish paytida tasodifan ko‘ylak yoki boshqa kiyimingizga dog‘ tomizib qo‘ysangiz, oddiy salfetkani oling va dog‘ni tozalashni boshlang. Dog‘ni matoga surtmaslik uchun chetidan uning markaziga qadar ehtiyotkorlik bilan artib oling. Salfetkalar ifloslanganda ularni almashtiring.

Soqol olish uchun ishlatiladigan ko‘pik

Suyuq tonal krem ​​yoki har qanday kosmetik mahsulot dog‘larini ko‘pik bilan artib olsangiz, darhol tozalanadi. Dunyoga mashhur model Kim Kardashyan ham bu usuldan foydalanadi.

Dog‘ga ozgina ko‘pik surting. Tish cho‘tkasini oling va dumaloq harakatlar bilan ishqalang, ko‘pikni surtganingizdan keyin 5-10 daqiqa kuting va bu joyni sovuq suv bilan yuving. Agar dog‘ ketmagan bo‘lsa, bu ishni yana takrorlang.

Idish yuvishda foydalaniladigan suyuqlik

Yuqoridagi variantlardan birortasi sizda yo‘qmi?Hech qisi yo‘q, dog‘ga ozgina idish yuvish vositasini surting. Uni ozgina ishqalang, so‘ngra bo‘yalgan joyni suvga solib yuving. Idishlarni yuvish uchun ishlatiladigan suyuqlik tonal kremni oson ketkizadi, chunki u yog‘larni parchalaydi.

Kir yuvish sovuni

Foto: “Noviy ochag” 

Bundan tashqari, makiyaj dog‘larini tozalash uchun nam paxtali yostiqchaga sovunli eritmani qo‘llashingiz yoki ifloslangan joyni sovunning chetiga surtishingiz mumkin. Dog‘ tarqalmasligi uchun buni ehtiyotkorlik bilan bajarishga harakat qiling.

Agar pudra yoki tenni to‘kib yuborsangiz va bularning barchasi matoga tushgan bo‘lsa, ularni ishqalamang. Kiyimni tozalash uchun yopishqoq rolikdan foydalanishingiz va ortiqcha pudrani sochni quritadigan fen bilan ketkizishingiz mumkin, asosiysi havo oqimini dog‘ ustiga emas, yon tomoniga yo‘naltirish kerak.  

Nashatir spirti va iste’mol sodasi

Nashatir spirtini paxta yostiqchasining ustiga surting, dog‘ni artib oling va 10 daqiqaga qoldiring. Shundan so‘ng, dog‘ga ozgina iste’mol sodasini seping va bu joyni yumshoq shimgich yoki toza mato bilan arting. Iste’mol sodasini quriting, so‘ngra qo‘lingiz yoki cho‘tka bilan hamma narsani qoqib oling. Shu tarzda, palto yoki kurtkalarning yoqasidagi dog‘larni oson tozalashingiz mumkin.

Uydagi kimyoviy moddalar

Hech kim dog‘larni tozalash uchun mo‘ljallangan maxsus mahsulotlardan foydalanib bo‘lmaydi, deya olmaydi. Bu mahsulotlar orasida dog‘ni yuvmasdan olib tashlashga imkon beradiganlari ham bor.

Foto: “Noviy ochag”

Dog‘ni tozalash vositasi har qanday turdagi kiyimdagi dog‘larni tozalashga yordam beradi. Formula biofermentlar tizimiga asoslangan. Roller yangi va eski dog‘larni tozalash uchun ishlatilishi mumkin, biroq  keyin kiyimni yuvish shart emas. Uning qoldiqlarini olib tashlash uchun dog‘ni nam mato bilan tozalash kifoya.

Asosiysi, dog‘ni issiq suv bilan namlash, ishqalash va kutishdir. Roller oq va yorqin rangli kiyimlar uchun ideal vosita, u kiyim rangiga ta’sir ko‘rsatmasligi uchun rangli liboslarni haddan tashqari ishqalamaslik kerak.

Foto: “Noviy ochag” 

Ushbu dog‘ olib tashlash vositasidan foydalanish usuli birinchisi bilan bir xil, uni qo‘llaganingizdan keyin kiyimlarni yuvishingiz shart emas. Bundan tashqari, kiyimingizni yechmasdan turib darhol dog‘ni tozalashingiz mumkin. Uni sumkada yoki ish joyingizdagi shkafda saqlashingiz mumkin. Dog‘ni tozalash vositasi nafaqat tonal kremni, balki qahva, souslar, rezavor mevalarning dog‘larni ham samarali tozalashga yordam beradi, ushbu vosita kiyimda hech qanday dog‘ qoldirmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.