Narsalarni joylashtirish uchun kichkina uy egalariga qo‘l keladigan tavsiyalar
Katta bo‘lmagan turar joyda tartibsizliklar kelib chiqmasligi va narsalar yoyilib ketmasligi uchun har qarichdan unumli foydalanish kerak bo‘ladi.
Foto: “Domashniy Ochag”Narsalarni solib qo‘yish uchun maxsus cho‘ntaklari bor matolardan foydalaning. Uni xarid qilmasdan uy sharoitida tiksa ham bo‘ladi.
Foto: “Domashniy Ochag”Ziravorlarni muzlatkich ustida saqlash juda ham qulay. Magnitli idishlardan foydalaning, ularni muzlatgich devorlariga mahkamlash orqali birinchidan polkada bo‘sh joy ko‘p bo‘ladi.
Foto: “Domashniy Ochag”Devor va muzlatgich orasida 15 sm bo‘sh joy bo‘lsa, g‘ildiraklari bor javonga mahsulotlarni terib qo‘yishingiz mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Rakovina tagidagi shkafga esa metall sterjen o‘rnatib, chiqindilar solinadigan paketlar yoki qog‘oz sochiqlarni rulon qilib o‘rab qo‘ysa bo‘ladi.
Foto: “Domashniy Ochag”Qog‘ozlar solishga mo‘ljallangan metall to‘rli idishdan esa sabzavotlar uchun mo‘ljallangan savatcha o‘rnida foydalansa bo‘ladi.
Foto: “Domashniy Ochag”Qolaversa, sabzavotlarni istalgan bo‘sh joyga ilib qo‘yish mumkin bo‘lgan to‘p qoplarda saqlasa ham bo‘ladi.
Foto: “Domashniy Ochag”Oshxona stol qo‘yish uchun kichiklik qilsa, unda yig‘iladigan variantlarga e’tibor qarating. Devorga mahkamlanadigani esa bu borada maqbul yechim bo‘la oladi.
Foto: “Domashniy Ochag”Oshxona buyumlarini saqlash uchun alohida joy bo‘lishi shart emas. Shkaf devoriga reyling o‘rnatib, S shaklidagi ilgaklar sotib oling va uning yordamida tova va boshqalarni ilib qo‘ying.
Foto: “Domashniy Ochag”Devorga magnitli planka o‘rnatib, pichoq va boshqa metalldan yasalgan jihozlarni joylashtirib qo‘ying.
Foto: “Domashniy Ochag”
Iloji boricha yig‘iladigan jihozlar, masalan qirg‘ichni ham shunday variantdagisini xarid qilishga harakat qiling.
Foto: “Domashniy Ochag”Agar shkafda yetarlicha joy bo‘lmasa, ilgaklar o‘rnatib krujkalarni ilib qo‘ysangiz bo‘ladi.
Kichkina xonadonlardagi yuvinish xonalari uchun tavsiyalar
Foto: “Domashniy Ochag”Yuqorida ta’kidlanganidek kichik xonadon uchun xarid qilingan narsalar ko‘p funksiyali bo‘lgani yaxshi. Masalan, teskari o‘girilib devorga qoqilgan stuldan kosmetik vositalarni qo‘yish va sochiqlarni ilishda foydalanish mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Eshik tepasidagi bo‘sh joydan sochiqlarni taxlab qo‘yish mumkin. Tartibli tursin desangiz, kiyimlarni taxlab qutiga soling va qutilarni bo‘sh joyga qo‘ying. Ilgaklarni devorga mahkamlab, kiyimlarni ilib qo‘ysangiz bo‘ladi.
Foto: “Domashniy Ochag”Ilgaklarga ip o‘tkazilgan kichkina chelaklarni ilib qo‘yishingiz va ichiga kosmetik cho‘tkalarni solishingiz mumkin. Sochiqlarni quritish uchun esa devorga metall planka o‘rnating.
Kichkina yotoqxonalar uchun tavsiyalar
Foto: “Domashniy Ochag”Yotoqxonada joy oz bo‘lsa, osma stoldan foydalaning. Buyumlarni uning ustiga qo‘ying, kompyuterni ustiga qo‘yib ishlashingiz mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Mayda buyumlarni solib qo‘yish uchun esa osib qo‘yish mumkin bo‘lgan osma idishni matrasga yopishtirib qo‘ying.
Foto: “Domashniy Ochag”Shuningdek, karavotlaridan ham kitob javoni sifatida foydalanish mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Qolaversa, kitob javonini uyning istalgan burchagiga yasash mumkin. Buning uchun bir nechta yog‘och planka, doskalar va mahkamlagich kerak bo‘ladi.
Kichik xonadonda narsalarni saqlash uchun tavsiyalar
Foto: “Domashniy Ochag”Jurnal solishga mo‘ljallangan idishni bo‘yab, devorga mahkamlab telefon, kalit va mayda narsalarni qo‘yish uchun polka sifatida foydalanish mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Ottomanka, ya’ni ochiladigan divan ichiga mato tikib, oyoq kiyimlarni joylasa bo‘ladi.
Foto: “Domashniy Ochag”Qolaversa, poyabzal turishi uchun polkalarni o‘z qo‘lingiz bilan yasasangiz ham bo‘ladi.
Manba