Ayollarga mavsumbop layfxak: Shapka kiyganda ham buzilmaydigan 8 ta soch turmagi
Qahraton sovuqda, shapkasiz ko‘chaga chiqish salomatlikni bilib turib xavf ostiga qo‘yish, demak. Ammo ko‘pchilik soch turmagi buzilishi va ko‘rinishi ko‘ngildagidek bo‘lmay qolishidan qo‘rqib boshyalang yurishni afzal biladi. L’Oréal Professionnel’ning ijodiy hamkori, stilist Maksim Rokiskiy va Redken kompaniyasi texnologi Nadejda Yusufxanova, shapka bilan sochni qanday turmaklasa, tushib ketmasligi haqida ma’lumot beradi.
Jingalak
Foto: CosmopolitanShapka kiyganda jingalak qilingan soch buzilmasligi uchun avval sochni burama harakatlar bilan aylantirib keyin shapka kiyish kerak. Boshqachasiga sochni yuqori qismidagi jingalak tushib ketib, pastining o‘zida qolishi mumkin. Osonroq bo‘lishi uchun rezinkadan foydalanishingiz mumkin.
Istalgan soch turmagi uzoq vaqt turishi va tushib ketmasligi to‘g‘ri tanlangan shampun va boshqa vositalarning qanchalik to‘g‘ri tanlanganiga bog‘liq. Shampun soch turiga muvofiq tanlanishi, soch turmagi uzoq vaqt turishi uchun yengil shampun va konditsionerdan foydalanish kerak. Turmaklashdan oldin nam sochga ildizidan 5-7 sm qoldirib, uzunligi bo‘ylab praymer-sprey surting.
Foto: CosmopolitanSochni fen bilan quritgandan keyin ployka yoki soch dazmolidan foydalanish mumkin. Sochning tepasi pachoq bo‘lib turmasligi uchun gafri qiling. Jingalak qilib bo‘lganingizdan keyin oldinga engashing va qo‘llaringiz bilan taragandek harakat qiling. Shundan keyin 15-20 sm uzoqlikdan qotiradigan lak sepsangiz bo‘ladi. Bu usulda turmaklangan sochni hech qanday bosh aksessuari buzolmasligi aniq.
Sochni pastdan qilib yig‘ish
Foto: CosmopolitanPastdan oddiy rezinkada yig‘ib ustidan bilinmasligi uchun sochning bir tutamini aylantirishingiz mumkin. Shapkani boshning oldi tarafidan ehtiyot bo‘lib kiying va yechishda ham xuddi shunga amal qiling.
Chyolka bilan shapka kiyish
Agar chyolkangiz kalta bo‘ladigan bo‘lsa, shapkani bostirib kiymasdan peshonani ochiq qoldirish tavsiya qilinadi. Uzun bo‘lsa, orqaga qilib turib keyin shapka kiyish kerak.
Tekis yoyilgan sochlar
Foto: CosmopolitanShapkani yechganda sochning shishib turishidan asar ham qolmasa, hech narsa qilmaydi. Hozirgi mavsumda tekis sochlar urfda, tushib turgan qismini quloq orqasiga o‘tkazsangiz yana yaxshi. Mukammal tekis turishi uchun shapka kiyishdan avval dazmol yordamidan foydalanish kerak.
Sochni pastdan qilib aylantirib yig‘ish
Foto: CosmopolitanBunday soch tarang bo‘lmasligi nomiga bo‘sh va tabiiy ko‘rinib turishi kerak. Yanada qiziqarliroq obraz yaratish uchun esa sochni o‘rab, keyin aylantirib yig‘gan yaxshi. Nevidimka yoki shpilka qadagandan keyin esa lak bilan qotiring. Shundan keyin bemalol shapka kiysangiz bo‘ladi.
Nomiga jingalak qilingan sochlar
Foto: CosmopolitanSochni yuvib, fen bilan quritgandan keyin ikki qismga bo‘lib o‘rang. Vaqt o‘tganidan keyin o‘ramni yechib qo‘llar bilan orasi ochib tashlansa, aynan bugungi kunga xos bo‘lgan zamonaviy soch turmagi bo‘ladi.
Tabiiydek turadigan jingalak
Foto: CosmopolitanTabiiydek turadigan jingalak uchun shishirishning keragi yo‘q, lekin xohish bo‘lsa buning ham iloji bor. Bunday jingalak sochning klassigidan farqi dazmol yoki ploykaga soch o‘raladi, ammo oxirigacha aylantirilmaydi. 5-7 sm tekis qoldirgan yaxshi. Shu yo‘sinda davom etib sochlarni jingalak qilib bo‘lgandan keyin oldinga engashib, qo‘l bilan tarash oxirida esa sprey bilan qotirish kerak. Shundan keyin shapka kiyishingiz va sochingiz tushib ketmasligidan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi.
Nevidimka bilan mustahkamlanadigan soch turmagi
Foto: CosmopolitanSochlarni yig‘ing yoki o‘rang. Shapkani yechganingizdan keyin nevidimkalarni turli ko‘rinishda, yonma yon yoki X shaklida taqib chiqing. Rangli va bezakli nevidimkalar ushbu mavsumda har qachongidan ham dolzarb ekanligi sababli, hech ikkilanmay ulardan foydalanishingiz va o‘ziga xos obrazga ega bo‘lishingiz mumkin.
Manba