Salomatlik Ayollar uchun Kiyimlarni fasllarga qarab ajrating, kichkina bo‘lib qolgan narsalarni olib qo‘ying: Garderobni tartibga solishga yordam beradigan 9 ta layfxak

Kiyimlarni fasllarga qarab ajrating, kichkina bo‘lib qolgan narsalarni olib qo‘ying: Garderobni tartibga solishga yordam beradigan 9 ta layfxak

O'qildi: 250


Kiyimlarni fasllarga qarab ajrating, kichkina bo‘lib qolgan narsalarni olib qo‘ying: Garderobni tartibga solishga yordam beradigan 9 ta layfxak

Tez-tez garderobingizdagi kiyimlarga qaraysiz va o‘zingizga mos kiyish uchun hech narsa topa olmaysizmi?Bu garderobingizdagi kiyimlarni tartibga solish vaqti kelganidan dalolat beradi. “Noviy ochag” nashri kiyim javonida bo‘sh joy yaratish haqidagi maslahatlarni taqdim etdi.  

Foto: “Noviy ochag” 

Shkafdagi hamma narsani alohida qilib ajratib oling

Kiyim javoningizdagi barcha kiyimlarni yerga qo‘ying va ularni guruhlarga ajratib oling. Masalan, sotish, boshqalarga berish, saqlash, tashlab yuborish uchun narsalaringizni alohida qilib ajratib qo‘ying. Shkafni tozalash anchadan buyon qidirib yurgan narsalaringizni topishga yordam beradi.

Yangi kiyim sotib olgandan keyin eskilaridan voz keching

Yangi kiyim sotib olganingizdan keyin, eskilaridan voz kechishga odatlaning. Aks holda, sizdagi variantlar ko‘payib ketadi va oxir-oqibat hech biri o‘lcham, uslubga mos kelmaydi.

Kiyimlarni tartibga soling

Narsalarni toifalarga ajrating va ularni rang bo‘yicha tartibga soling. Bu tongda bir-biriga mos narsalarni topishga yordam beradi.

Mayda narsalarni tartibga keltiring 

Kamarni osib qo‘ying, paypoq va ichki kiyim uchun qutilar yoki boshqa mos idishlarni sotib oling.

Kiyimlarni mavsumga mos ravishda guruhlarga ajrating

Narsalarni mavsumga moslab guruhlarga ajrating, kiyilmaydigan, foydalanmaydigan narsalarni yig‘ishtirib olib qo‘ying.

Osilishi kerak bo‘lgan narsalarni osib qo‘ying

Masalan, zig‘ir, ipakdan tikilgan liboslar, trikotaj kiyimlari, shuningdek, g‘ijim bo‘ladigan narsalarni kiyim ilgichga osib qo‘ying.

Oyoq kiyimingizni ajratib qo‘ying

Oyoq kiyim qutilarini saqlash eng yaxshi variant. Quti ichidagi poyabzal juftini suratga oling va fotosuratlarni qutining tashqi tomoniga yopishtirib qo‘ying. Qutisi bo‘lmagan poyabzallar uchun maxsus qutilar sotiladi.

Sumkalarni to‘g‘ri saqlang

Teri, zamsh va oddiygina qimmatbaho sumkalar vaqt o‘tishi bilan deformatsiyalanmasligi yoki sifati yomonlashmasligi uchun ularni changdan saqlovchi paketlarda yaxshi saqlanadi. Sumkalar qaysi materialdan tayyorlanganiga e’tibor qaratishni unutmang.

O‘zingizga yoqqan narsalarni birdan sotib olmang

Masalan, o‘zingizga yoqqan narsalarni sotib olishni o‘ylab ko‘ring. Ayniqsa, qimmat narsalar va katta narsalar haqida gap ketganda bu masalaga alohida e’tibor qarating. Bu hamyondagi pulni ham, garderobdagi joyni ham tejashga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.