Qo‘ziqorinlarni muzlatkichda uzoqroq saqlash, tabletkalarni ichishni unutmaslik : uy-ro‘zg‘or ishlarida qo‘l keladigan oddiy layfxaklar
Qo‘ziqorinlarni muzlatgichda uzoqroq saqlash, tabletkalarni ichishni unutmaslik va pashshadan himoya qiluvchi to‘rni tozalash uchun qanday yo‘l tutsa bo‘ladi?“Noviy ochag” nashri uy-ro‘zg‘or ishlarida samarali bo‘lgan layfxaklarni taqdim etdi.
Foto: “Noviy ochag”Qo‘ziqorinlarni saqlash
Do‘kondan qo‘ziqorin sotib oldingiz va uni pishirishga vaqt topa olmayapsiz. Agar shunday bo‘lsa, qo‘ziqorinlarni qog‘oz paketga, so‘ngra polietilen paketga soling. Bu holatda ularni bir hafta saqlash mumkin. Shuningdek, qo‘ziqorinlar qog‘oz paketda qurib qolmaydi.
Foto: “Noviy ochag”Choy paketlari
Kofeni filtr qiluvchi paketni choy paketlariga muqobil sifatida ishlatish mumkin. Paketga choy barglarini soling va choyning rangi chiqqunicha vilka bilan bosib turing.
Foto: “Noviy ochag”Kichik qolip yaratish
Agar uyingizda pishiriq pishiriladigan kichik qolip bo‘lmasa, uni oddiy folga yordamida yaratishingiz mumkin.
Foto: “Noviy ochag”Tabletkalarni qabul qilishni unutmaslik
Ko‘pincha tabletkalarni qabul qilganingizni unutasizmi?Tabletkalar o‘ramining ustiga marker yordamida ularni qabul qilishingiz kerak bo‘lgan sanalarni yozib chiqing. Bu besh daqiqadan ko‘proq vaqtni oladi, biroq sizda hech qanday ikkilanish bo‘lmasligiga yordam beradi.
Foto: “Noviy ochag”Eshik qisib qolmasligi uchun
Eshik tasodifan yopilib qolmasligi va farzandingizning barmog‘ini qisib olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shimgichli ko‘pikli rulon yoki quvur izolyatsiyasidan foydalaning.
Foto: “Noviy ochag”Pashshadan saqlovchi to‘rni tozalash
Pashshadan saqlovchi to‘rdagi changni tozalash uchun maxsus tozalovchi vositalardan foydalaning.
Foto: “Noviy ochag”Manba