Salomatlik Ayollar uchun Poyabzal bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishga yordam beradigan 16 tavsiya

Poyabzal bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishga yordam beradigan 16 tavsiya

O'qildi: 429


Poyabzal bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishga yordam beradigan 16 tavsiya

Ko‘rinishiga uchib olgan oyoq kiyimingiz uyga kelib kiyib ko‘rganingizda siqsa, terlatsa yoki boshqa muammolar kuzatilsa nima qilish kerak. Quyidagi tavsiyalar bilan ushbu savolga javob beramiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Qadoqlardan himoyalanish uchun

Oddiy sharikli dezodorant qadoq va istisqo — organizm bo‘shliqlari, to‘qimalari, xususan, teri osti yog‘ qavati(kletchatka)da suyuqlik to‘planishining paydo bo‘lishini oldini oladi. Buning uchun oz miqdordagi vositani olib surting va qurishini kuting. Yana ham yaxshi natijaga erishish uchun poyabzal ichidan dezodorantni yaxshilab ishqalang.

Sirg‘anishini bartaraf qilish

Yangi oyoq kiyim sirg‘anib ketadigan bo‘lsa, uning tag qismini najdak qog‘oz bilan yaxshilab arting. Ammo oshirib yubormang, yupqa qatlamni ishlatishning o‘zi kifoya.

Poyabzal yurganda g‘ijirlasa

Oyoq kiyimingizni g‘ijirlashini bartaraf qilish uchun ichiga bolalar prisipkasidan oz miqdorda sepib qo‘ying. Bunda poyabzal ichidagi detal mustahkamlanib, g‘ijirlamay qo‘yadi.

Iz tushgan oyoq kiyim

Tabiiy charmdan ishlangan oyoq kiyimda izlar tushadigan bo‘lsa, uni nam mato bilan arting, ustidan dazmol surting. Yangidek bo‘lmagani bilan, bunday muolajadan keyin ko‘rinishi ancha yaxshilanadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Og‘riqdan qutilish

Poshnali oyoq kiyimda yuradiganlar ikkinchi va uchinchi barmoq orasida og‘riq paydo bo‘lishidan aziyat chekadi. Bunga nervlarning qisilishi va oyoqdagi qon aylanishining buzilishi sabab bo‘ladi. Baland poshnaning salbiy ta’siri kuzatilmasligi uchun uchinchi va to‘rtinchi barmoqlarni tibbiy plastir bilan yopishtiring. Bu balansni saqlab, nervlarning zo‘riqishini oldini oladi.

Tor poyabzal

Siqib turadigan poyabzalni biroz kengaytirish uchun ichiga rulon qilingan gazeta soling. Bir necha kun turganidan keyin kiyib tursangiz bo‘ladi. Zarurat bo‘lganda buni qayta takrorlang.

Foto: “Domashniy ochag”

Slansi shippaklar noqulaylik keltirib chiqarsa

Kiyganda noqulaylik kuzatiladigan bo‘lsa, shippakning rezinasini ipak yoki atlas matoli yumshoq latta bilan arting.

Yoqimsiz hid

Poyabzaldagi yoqimsiz hidni bartaraf qilish uchun uning ichiga bir nechta choy paketchasini solib qo‘ying. Ertalabgacha yoqimsiz hiddan asar ham qolmaydi.

Suvdan qolgan dog‘

Aksariyat hollarda charmdan ishlangan poyabzalda suvdan iz va dog‘ qoladi. Uni bartaraf qilish uchun oz miqdordagi tish yuvish pastasiga bir choy qoshiq sirka qo‘shing. Aralashmani surting. Keyin esa toz suv bilan yuvib tashlang.

Rezina poyabzal

Bolangizni to‘satdan yiqilishini oldini olish uchun rezinali oyoq kiyimning tag qismiga yelimni qaynoqligida bir necha chiziq qilib surting.

Namlikdan himoya qiling

Matodan tikilgan poyabzalni namlikdan himoya qilish uchun uni asalari mumidan foydalaning. Matoni mum bilan artib, ustidan fen bilan qizdiring.

Foto: “Domashniy ochag”

Terini himoyalash uchun

Oyoqlarda qadoq va boshqa muammolar paydo bo‘lmasligi uchun poyabzalning ichki yuzasiga soch uchun foydalaniladigan lak surting.

Yaltiratish uchun

Oyoq kiyim avvalgidek yaltiroq bo‘lishi uchun uni oyna tozalaydigan vosita bilan arting.

Poyabzal oyoqni qissa

Yangi poyabzal oyog‘ingizni qismasligi uchun uni qalin paypoq bilan kiyib, ustidan fen bilan qizdiring.

Oyoqlar terlaganda

Gipergidroz ko‘pchilikka yaxshi ma’lum bo‘lgan muammo sanaladi. Poyabzalni ajralgan terdan himoya qilish uchun har kuni gigiyenik vosita yopishtiring

Tirnalishlarni yo‘qotish uchun

Poyabzal sirtidagi tirnalishlarni yo‘q qilish uchun tibbiy va texnik vazelindan foydalansangiz bo‘ladi. Paxta diski yordamida vositani oyoq kiyim ustiga surtib, yengil harakatlar bilan ishqalang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.