Salomatlik Ayollar uchun Kiyimdagi ketchup, dezodorant, siyoh kabi dog‘larni bartaraf etishga yordam beradigan usullar

Kiyimdagi ketchup, dezodorant, siyoh kabi dog‘larni bartaraf etishga yordam beradigan usullar

O'qildi: 521


Kiyimdagi ketchup, dezodorant, siyoh kabi dog‘larni bartaraf etishga yordam beradigan usullar

Kiyimlardagi dog‘ni qanday qilib bartaraf qilishni bilmayotganlarga ushbu tavsiyalar asqatishi aniq.

Foto: AdMe

Limon sharbati zangni ketkazadi

Zang dog‘ini ketkazish uchun uning ustiga tuz sepib, keyin limon sharbati quyib, biroz quyoshda qoldiring. Keyin kir yuvadigan mashina ichiga soling.

Foto: AdMe

Tuz va sirka dezodorant izini ketkazishda

Tuzni suvga aralashtirib dog‘ ustiga surting, birozdan keyin yuvib tashlang. Yoki kiyimni oq sirka aralashtirilgan muzdek suvga bo‘ktirib qo‘ying. 1 soatdan keyin cho‘tka bilan ishqalang.

Foto: AdMe

Qaynagan suv mevadan qolgan izni bartaraf qiladi

Tog‘oraga dog‘ bo‘lgan kiyimni soling. Chetini rezinka bilan mahkamlab, ustidan qaynagan suv quying.

Foto: AdMe

Qon dog‘ini ozgina mahsulotlar bilan ketkazsa bo‘ladi

Qon teggan kiyimni birinchi sovuq suvga bo‘ktiring. Harorat qancha past bo‘lsa, shuncha yaxshi. Yaxshilab iviganidan keyin tuz va shampundan foydalaning. Keyin yaxshilab yuvib tashlang.

Foto: AdMe

Oddiy bo‘r yog‘ dog‘ini bartaraf qiladi

Dog‘ ustiga bo‘r surting. Ustidan iliq yoki qaynoq suv quyib, yuvib tashlang.

Foto: AdMe

Go‘sht selini ketkazish uchun yuvish vositalari shart emas

Bunday kiyimni sovuq suvda oqizib turish kifoya.

Foto: AdMe

Ketchup dog‘ini sirka yordamida bartaraf qilsa bo‘ladi

Dog‘ni sovuq suvda yuvib tashlab, keyin yuvish vositasi surtilgan toza latta bilan arting.

Foto: AdMe

Siyohni ketkazish

Siyoh dog‘larini ketkazishda tarkibida spirt bo‘lgan suyuqlik yaxshi samara beradi. Masalan, qo‘l uchun sanitayzeryoki soch lakini matoga sepib, 1-3 daqiqaga qoldiring, keyin salfetka bilan artib tashlang. Oxirida kir mashina ichiga solib yuving.

Foto: AdMe

O‘simliklardan qolgan dog‘ni idish yuvadigan vosita yaxshi ketkazadi

Suv va 3 foizli vodorod peroksidini 1:1 nisbatda aralashtiring va kiyimni aralashmaga ivitib qo‘ying. Yoki idish yuvadigan vosita bilan arting.

Foto: AdMe

Xantal dog‘ini ikkita oddiy vosita bilan bartaraf qilsa bo‘ladi

Buning uchun yarim stakan suvga 2 osh qoshiq idish yuvadigan vosita hamda oq sirka aralashtiring. Aralashmani dog‘ga surtib, birozdan keyin issiq suvda yuvib tashlang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.