Kiyimdagi dazmol izlarini qanday ketkazish mumkin?
Birgina xato tufayli sevimli narsangiz bilan xayrlashishga majbur boʻlgan vaziyat koʻpchilikka tanish. Ammo shoshilmang, mutaxassislarning taʼkidlashicha, baʼzi dogʻlarni izsiz ketkazishning iloji bor.
Paxtadan toʻqilgan oq matolar
Foto: “Noviy ochag”
Dastavval, dogʻni vodorod periks bilan ketkazishga harakat qiling. Eritmani dogʻ ustiga tomizib, 1-2 daqiqaga qoldiring, soʻngra matoni yaxshilab yuvib tashlang. Chunki peroksid matoning moʻrtlashishiga olib kelishi mumkin. Lozim boʻlsa, jarayonni yana takrorlang. Shu bilan birga ammiakdan ham foydalansa boʻladi. Bu peroksid kabi samarali emas, lekin u baʼzi turdagi dogʻlarda yaxshi ishlaydi.
Rangli mato
Foto: “Noviy ochag”Agar rangli narsalarda dazmol izlari qolsa, ularni tozalangan oq sirka bilan artib koʻring. Uni choʻtka oʻrniga toza oq mato yordamida shikastlangan yuzaga qoʻllang. Matoning oq rangda boʻlishi juda muhim, chunki zang izni olib tashlash paytida uning ustida dogʻlar paydo boʻladi. Iz butunlay yoʻqolguncha yengil harakatlar bilan “oʻchirish”da davom eting. Keyin kiyimni toza suvda yuving.
Junli matolar
Foto: “Noviy ochag”Agar dazmoldagi zang izi faqat uzun-uzun tolalarga tekkan boʻlsa, eng oson yoʻli shikastlangan joynini qaychi bilan kesib tashlash yoki ularni toza tish choʻtkasi bilan tarashdir. Agar dazmol kiyimga zarar yetkazgan boʻlsa, uni uyda tozalashning imkoni yoʻq. Lekin tushkunlikka tushmang!Kiyimni maxsus kimyoviy tozalash xizmatiga olib boring. Kuchli zarar yetmagan boʻlsa, ular matodan dogʻni ketkazib beradi.
Gilam
Foto: “Noviy ochag”Bunday holatlar kamdan kam uchraydi, ammo kimdir bu xatoga yo‘l qo‘yishi ehtimoldan holi emas. Tasodifan gilamga issiq dazmolni tashlab qoʻysangiz va oʻsha joy erigan boʻlsa, afsuski, hatto professional tozalash usuli ham yordam bermaydi. Shu bilan birga, mutaxassislarga murojaat qilish ortiqcha boʻlmaydi. Professional gilam tozalovchi xodim shikastlangan joyni ehtiyotkorlik bilan kesib tashlashi yoki kuygan joyni “donor” bilan almashtirishi mumkin. Yana bir yoʻli: gilamning dogʻli qismini koʻzga koʻrinmas joylarda, masalan, shkaf ostida joylashgan joylarga toʻshash orqali bu muammodan xalos boʻlishning iloji bor.
Manba