Salomatlik Ayollar uchun “Pul chaqiradi, aqldan ozdiradi va kunlab turadi”. Atirlar haqida eng ko‘p tarqalgan xato tushunchalarga mutaxassis izoh beradi

“Pul chaqiradi, aqldan ozdiradi va kunlab turadi”. Atirlar haqida eng ko‘p tarqalgan xato tushunchalarga mutaxassis izoh beradi

O'qildi: 403


“Pul chaqiradi, aqldan ozdiradi va kunlab turadi”. Atirlar haqida eng ko‘p tarqalgan xato tushunchalarga mutaxassis izoh beradi

Hech kimga sir emaski, xushbo‘y iforlar kayfiyatni ko‘taradi. Odamni o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiribgina qolmay, boshqalarda ham yoqimli taassurot uyg‘otadi. Shu boisdan ham atirdan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham birday foydalanadi.

Shuning uchun ham parfyumeriya vositalarining bozori chaqqon. Ammo aksariyat tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini sotish maqsadida turli yolg‘onlarni o‘ylab topadi. Misol uchun “pul chaqiradigan”, “aqldan ozdiradigan”, hidi “kunlab” turadigan atirlar, xullas, bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin.

“Daryo” aromastilist ( atirlar bo‘yicha mutaxassis)Dilshod Hojiqurbonov bilan bo‘lgan suhbatda atirlar haqida xalqimiz orasida eng ko‘p tarqalgan xato tushunchalarga oydinlik kiritdi.

Dilshod Hojiqurbonov aromastilist. Besh yildan beri parfyum sohasida faoliyat yuritadi.


Dilshod Hojiqurbonov Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Birinchi noto‘g‘ri tushuncha: Odamni “aqldan ozdiruvchi” feromon atirlar 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘pchilik yoshlar, ayniqsa, yigitlar “feromon atir bormi?”, deb so‘rashadi, yozishadi.

Feromon bu qarama-qarshi jins vakilini hissiyotlarini uyg‘otuvchi, o‘ziga jalb qiluvchi qisqa qilib aytganda, hidlaganda odamni aqldan ozdirib qo‘yuvchi ifordir. Aslini olganda har qanday parfyum feromon xususiyatiga ega.

O‘zidan yoqimli ifor taratib turgan kishiga nisbatan yaxshi taassurot uyg‘onishi, yon-atrofidagilarining ba’zilariga juda yoqishi mumkin. Lekin aqldan ozdirib qo‘yadigan darajada bo‘lmaydi. Chunki inson ongli mavjudot.

Qolaversa, dunyoda hali hammaga birday yoqadigan ifor yaratilmagan, yaratilmaydi ham. Sababi barmoq izlarimiz kabi didlarimiz ham turlicha. Bir kishiga xush kelgan ifor hatto uning egizagiga yoqmaydi-ku, boshqalarni qo‘yavering. Agar sizga qaysidir sotuvchi mana bu feromon atir desa, aslo ishonmang, bu shunchaki marketing va reklama.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ikkinchi noto‘g‘ri tushuncha: “Pul chaqiradigan” atirlar

Xalqimiz orasida “atirlar pul chaqiradi” degan gap-so‘zlar yuradi. Chunki ayrim parfyumeriya bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar va blogerlar yurtdoshlarimizning eng nozik joyidan foydalanib, shunday reklama qiladi.

Birinchidan bu shirk. Rizq Allohdan, biror atir yoki biror buyum sizga pul olib kelmaydi. Faqat qattiq mehnat orqali halol daromad qilish mumkin.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Uchinchi noto‘g‘ri tushuncha: “Original atirlarning hidi kunlab turadi”

Ko‘pchilik odamlar original atirlarning hidi kunlab turadi deb o‘ylaydi. Shu boisdan ham aksariyat mijozlar oldimga “mana bu yerdan atir olgandim, original deb aldab soxtasini sotibdi. Hidi uzoq turmayapti” deb shikoyat qilib keladi.

To‘g‘ri, ifori kun davomida turadigan atirlar ham bor, lekin aksariyat parfyumlar ( 300 dollar bo‘ladimi yoki 500 dollarmi ahamiyatsiz)tanada 8-10 soatdan ortiq turmaydi. Ayniqsa, o‘zbekistonliklarda.

Sababi “issiq”, “sovuq mijoz” turlari bor. Bizni mintaqada yashaydiganlarning ko‘pi “issiq mijoz”. Shuning hisobiga atir o‘z kuchini birdaniga ko‘rsatadi va tez parlanib ketadi. Sovuq mijozlarda esa aksincha, sekin “ochiladi” va ko‘p vaqt saqlanadi.

Ba’zilar “men kiyimimga oddiyini sepgandim, lekin hidi 3-4 kunlab turdi-ku” deyishi mumkin. To‘g‘ri, shunday bo‘lishi mumkin, chunki atir sepilgan kiyim odatda shkafda turadi. Havo kirmagani hisobiga ham ifor kunlab saqlanadi.

Yana bir muhim fakt: original atirlar tanada uzoq muddat turishida emas, hidining noyobligi bilan belgilanadi. Qolaversa, teriga zarari ham bo‘lmaydi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

To‘rtinchi noto‘g‘ri tushuncha: “Yozda atir sepmaslik kerak”

Ba’zilar “odam yozda cho‘milib yursa yetadi, atirni qishda sepish kerak” deyishadi. Men esa aksincha, yozda parfyumlardan ko‘proq foydalangan ma’qul deb o‘ylayman. Sababi iqlimi issiq mamlakatda yashaymiz.

Odam biroz harakat qilishi bilan terlaydi va o‘zidan yomon hid chiqaradi. Eng yomoni, buni o‘zi bilmaydi. Jamoat transportlarida boshqalarga noqulaylik tug‘diradi.

“Kechki payt tishingni sog‘lig‘ing, ertalab esa go‘zallik uchun yuvasan” deganlariday yozda yomon hidlarning oldini olish, qishda esa yoqimli ko‘rinish uchun atirlardan foydalangan ma’qul.

Beshinchi noto‘g‘ri tushuncha: “Original atir hidi sepgan odamni o‘ziga bilinmaydi”

Bu ham qisman noto‘g‘ri fikr sababi bu parfyumning original yoki soxtaligidan emas, shunchaki, atir sepilganidan 5-10 daqiqa o‘tib, inson iforga ko‘nikadi. Shuning hisobiga o‘ziga bilinmasligi mumkin.

Misol uchun: oshxonaga kirganingizda ovqat hidi kelib turgan bo‘lsa, birozdan keyin u sizga sezilmay qoladi. Xonada hid yo‘qolgani uchun emas, shunchaki burningiz bu hidga o‘rganadi. Lekin har o‘pkada havo yangilanganida yana ifor taralaveradi.

To‘g‘ri, agar sepgan atri kishini o‘ziga umuman yoqmagan bo‘lsa, kun davomida o‘ziga juda bilinib turadi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Oltinchi noto‘g‘ri tushuncha: “Oq kiyimga sepilgan atirning dog‘i qoladi”

To‘g‘ri, kiyimda iz qoldirish ehtimoliga ega yog‘li, rangli atirlar bor, lekin hamma parfyum shunday degani emas. Aksariyati kiyimda tez qurib qoladi. Umuman olganda, bu ham noto‘g‘ri fikr.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Yettinchi noto‘g‘ri tushuncha: “Atir sochga sepilsa, to‘kilib ketadi”

Hatto soch uchun mo‘ljallangan aksariyat niqoblar ham odatda ildiziga emas, uchiga surtiladi.

Atirlar ham uchlariga purkalsa yoki taroqqa sepib taralsa, bosh qismiga ham sochga ham aslo zarar qilmaydi. Aksincha, iforning ko‘proq tarqalishga hissa qo‘shadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.