Makiyajga putur yetkazadi: Lab bo‘yog‘ini surishda ko‘pincha yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Noto‘g‘ri tanlangan rang yoki qo‘llash texnikasi butun makiyajni buzishi mumkin. Labni bo‘yashda hech qanday murakkab narsa yo‘qdek tuyuladi: tanlangan mahsulotni qo‘llaysiz va chiroyliroq ko‘rinishi uchun konturdan foydalanasiz. Biroq juda kam hollarda lablar chiroyli, xatosiz bo‘yaladi. Marie Claire nashri makiyaj bilan birga lablarni ingichka ko‘rsatuvchi xatoliklar haqida ma’lumot berdi.
Foto: Marie ClaireTonal kremdan foydalanish
Lablarda “makiyajsiz makiyaj” effektini yaratishda qizlar ko‘pincha teri rangdagi lab bo‘yog‘ini emas, balki konsiler yoki tonal kremni qo‘llashadi. Bu eng yomon xatolardan biri: teksturali mahsulotlar umuman lablarga surtish uchun mo‘ljallanmagan. Yuzning eng harakatchan joylaridan biri lablar bo‘lib, mahsulot teridagi yoriqlarga kirganda, uning relyefidagi barcha o‘zgarishlarni aniq ko‘rsatib, burmalar hosil qiladi.
Natijada ingichka ko‘rinadigan, tartibsiz, dag‘al lablar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, bu mahsulotlar lablar terisini, ayniqsa, to‘qimalarni quritadi. Toza lablarga lab bo‘yog‘ini surtganingiz ma’qul.
To‘q rangli lab bo‘yog‘i
Do‘konga lab bo‘yog‘i olishga borganda siz faqat uning rangiga e’tibor bera olmaysiz. Bunday holatda lablaringizning strukturaviy xususiyatlarini — ularning shakli, konturi, o‘lchamini hisobga oling. Har doim yodda tuting, quyuq lab bo‘yog‘ining binafsharang, to‘q binafsharang, ochiq pushtirang va jigarrangdagilari lablarni vizual ravishda ingichka qilib ko‘rsatadi.
Foto: Marie ClaireShuning uchun yorqin va yengil ochiq rangdagi lab bo‘yoqlarini tanlang. Biroq, shunga qaramay, sinab ko‘rishni istasangiz, lab bo‘yog‘iga mos keladigan qalamdan foydalaning va lab konturini 1-2 millimetrga o‘tkazib chizing, keyin lablarning butun yuzasini lab bo‘yog‘i bilan to‘ldiring — bu usul ularning chiroyli ko‘rinishini ta’minlaydi.
Quruq lablar
Lablar terisi juda nozik va yupqa bo‘lib, kundalik parvarishsiz lablar quruq bo‘lib qoladi, bu holatda har qanday lab bo‘yog‘i chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishga yordam bera olmaydi.
Ko‘pgina lab bo‘yoqlari tarkibida namlovchi moddalar mavjud, biroq bu qish mavsumiga kelganda yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun ertalab, lab bo‘yog‘ini qo‘llashdan oldin unga oziqlantiruvchi balzam yoki gigiyenik lab bo‘yog‘ini qo‘llang. Agar bu mahsulotlar bo‘lmasa, oddiy yuz kremidan ham foydalanishingiz mumkin. Vositalarni qo‘llaganingizdan keyin bir necha daqiqa kuting, keyin lablaringizni ro‘molcha bilan artib oling va shundan keyin lab bo‘yog‘ini surting.
Lab chiziqlari ichidagi kontur
Lablarni vizual qisqa ko‘rsatadigan keng tarqalgan xato — bu tabiiy chegaralar ichida qalam bilan konturni chizish. Bu esa ko‘pgina qizlarning lablarida kam seziladi, shuning uchun ular lab qalamlarini ishlatadigan kosmetik vositalari qatoridan chiqarib tashlaydi. Agar lab bo‘yog‘ini ishlatishga qaror qilsangiz, qalam haqida ham unutmang. Lablar shaklini tuzatish va mukammal konturni yaratish uchun faqat qalam kerak bo‘ladi.
Qalam bilan lablarning tabiiy konturidan 1-2 millimetr chiqarib chizishga harakat qiling, so‘ngra lablarning butun yuzasini lab bo‘yog‘i bilan to‘ldiring, bu usul lablarning chiroyli ko‘rinishiga yordam beradi. Lab bo‘yog‘i uzoqroq turishi uchun siz mahsulotni nafaqat konturda qo‘llashingiz, balki ichki bo‘shliqni ham u bilan bo‘yashingiz mumkin. Shu bilan, lab bo‘yog‘i kun bo‘yi saqlanib turadi.
Foto: Marie ClaireSuyuq lab bo‘yog‘i
Suyuq lab bo‘yog‘ida maksimal pigment va minimal namlovchi qo‘shimchalar mavjud, uning kamchiliklari — lablarni quritadi va sezilarli darajada ingichka qiladi. Shuning uchun, siz undan boshqacha suyuq lab bo‘yog‘i sifatini kutmasligingiz kerak. Namlantiruvchi lab bo‘yog‘i mavjud emas.
Degradatsiya effekti
Siz ushbu uslubni Koreyalik moda ayollarida ko‘rishingiz mumkin, ular lablarning ichki yuzasini doimiy bo‘yoqlar yoki lab bo‘yog‘i bilan bo‘yaydi va tashqi yuzani konsilyer bilan bo‘yash orqali chiroyli lablar illyuziyasiga erishadi. Ushbu texnika tufayli lablar avvalgisidan ancha nozikroq ko‘rinadi.
Lablarning chiroyli ko‘rinishi uchun lab bo‘yog‘ini barmoqlaringiz bilan ishqalab surtishingiz kerak. Shu orqali lablar konturi biroz xira bo‘ladi va ularni vizual ravishda kattaroq qilib ko‘rsatadi.
Manba