Salomatlik Goʼzallik Makiyaj qilish — usullari, sirlari, qoidalari, makiyaj qilishni o’rganish uchun foto va video

Makiyaj qilish — usullari, sirlari, qoidalari, makiyaj qilishni o’rganish uchun foto va video

O'qildi: 412


Makiyaj qilish — usullari, sirlari, qoidalari, makiyaj qilishni o’rganish uchun foto va video
O’z rangingizga mos keladigan alitrani tanlash qobiliyati muvaffaqqiyatning faqatgina yarmi hisoblanadi, qolgani esa yuzga makiyaj qilish qoidalarini bilishga bog’liq. Sifatli makiyaj qilish — butun boshli ilmdir. Biz uni o’rganishingiz, pardozning dunyoviy mutaxassislariga biroz bo’lsada yaqinroq bo’lishingizga yordam beramiz.

Yonoqlarga urg’u bering, shunda yuz yanada ifodali bo’ladi, bu Anjelina Jolining vizajisti tavsiyasi;
Gipoallergen kosmetika sotib oling, ayniqsa ko’zlaringizni grim qilayotganda;
Yoz faslida yog’li asos yoki ton osti uchun krem ishlatmang (bu umuman noto’g’ri) — terlagan yuzga makiyaj qilmagan yaxshi;
To’kiluvchan soyalarni quruq sponj yengil bilan qoqib tushiring yoki shunchaki yuzga shamol qiling.
Makiyaj qilishda bryunetkalarga qanday maslahatlar mavjud?Dastlab, dramatik ranglarni ishlatishni cheklang. Faqat bitta narsaga urg’u bering: yo ko’zlarga, yoki lablarga. Yuraklarni zabt etishda eng afzali mushuklarniki kabi nigohdir, shuning uchun ko’zni bo’yashni o’rganamiz.
Makiyaj qilish — usullari, sirlari, qoidalari, makiyaj qilishni o’rganish uchun foto va video

Foto — Rumyanani qanday surtish kerak Terini tozalang, yuzni tekislang. Buning uchun tonal krem va upa oling, garchi so’nggi vositani yosh yoki muammoli teri uchun ishlatish tavsiya etilmaydi. Endi asosni surtamiz, yaltirashni bartaraf etish va ko’z ostidagi doiralarni yashirish uchun upani ishlatamiz. Yonoqlarga rumyana bilan urg’u beramiz. Agar rumyana bilan faqatgina kontur chiziqqa emas, balki ko’zning ichki burchaklariga ham yengil rang berilsa, bu holda mukammal romantik obraz hosil bo’ladi. Ko’zning ichki burchagini to’qlashtirish — ko’zlar chuqur joylashgan bo’lsa va ko’z qovoqlari tushgan bo’lsa, eng ajoyib texnikadir. Keyingi navbatlarda o’z xohishingizga binoan bo’yanishni taklif qilamiz, lekin obraz uslubini hisobga olgan holda.

Foto — lab bo’yog’i surtish Sariq sochli qizlar kundalik makiyaj qanday qilishlari kerak, moviy rang ko’zlar uchun qanday soyalar mos keladi — bosqichma-bosqich keltirib o’tamiz. «Smoky eyes» — hozirda mashhur trend. Och rangli terida Yoz va Bahor rang tipidagi makiyaj qilish uchun bizga kerak bo’ladi:
Tabiiy asos;
Soylarning pastel ranglari;
Jigarrang tush va qalam.
Teri rangi oqroq bo’lgan qizlar yuz terisini sinchkovlik bilan tekishlashlari kerak. Biroq, agar rumyana ishlatilmasa, yuzingiz tekis va ifodasiz bo’lib qoladi. Bizning yo’l-yo’riqlarimiz oddiy: bahorda yuzingizni tabiiy go’zalikka yaqin bo’lgan pastel yumshoq tonlar bilan bo’yang. Kamchiliklarni yashirish uchun korrektsiyalovchi qalamdan foydalaning, podvodkani esa faqat soya ostidan chizing.

Ko’z rangiga qarab kundalik makiyaj qilish usullari

Yashil rangli ko’zlarga makiyaj qilishda iliq gamma kerak. Bu, ayniqsa, kuzda, yon atrof tillarang tusga kirganda ayni o’rinlidir. Yashil rangli ko’zlarning go’zalligi binafsha va ko’k rangli soyalar bilan ham yaxshi ta’kidlanadi. Kuz rang tipida yonoqlarni g’isht rangli rumyana bilan bo’yash, lablar esa ko’zlar bilan bir xil palitrada bo’lishi kerak.

Foto — soya surtish Jigarrang ko’zli shatent va bryunetkalarga pardoz qilish osonroq bo’ladi. Qish rang tipining kulrang tuslarini ishlatishni tavsiya etamiz. Soch rangini qizil rangli lab bo’yog’i bilan ta’kidlang (u individual ravishda tanlanadi). Qizg’ish sochli bekalar uchun soyaning ideal rangi yashil, shuning uchun qizil sochli qizlar zamonaviy makeup smoke`ni barcha yashil ranglarda faol ishlatishi kerak. Makiyaj qilishda foydali sirlar:
Ko’zga soya yoki lablarga lab bo’yog’ini surtishdan oldin, terini tekislab oling, shunda bo’yoq osonroq va tekisroq yotadi va makiyaj chiroyliroq ko’rinadi;
Agar siz ko’zlaringizga Sharqona makiyaj qo’llashni o’rganmoqchi bo’lsangiz, qattiq mo’yqalamchali podvodka va binafsharang soyalarni ishlating;
Qoshlarini bo’yash va shundan so’ng ularni tarash muhimdir. Buning uchun maxsus cho’tkalardan foydalaning. Ortiqcha narsalarni yo’qotish kerak: ajralib chiqib turuvchi tukchalar, yorqin chiziqlarni artish;
Yoshi kattaroq ayollar va o’smir qizlar qizil lab bo’yog’i yoki shu rangdagi ko’z uchun soyalar bo’lgan yorqin makiyajdan foydalanmaganlari ma’qul.
Video: soya surtish

Sharqona uslubdagi makiyaj

Ko’pchilikning internet sarhadlarida anime qizlarga ko’zi tushgan bo’lishi mumkin. Bu «yaponcha uslub» deb nomlangan makiyajda yangi tendentsiya hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun, yuzga iloji boricha ochroq rang berish va ko’zlarga urg’u berish kerak. Qoracharoq va giperpigmentatsiyadan aziyat chekadigan qizlar uchun terini oqartirish mushkul vazifa sanaladi, shuning uchun klassik anime-meykapdan ba’zi bir chekinishlarga yo’l qo’yiladi. Sxema quyidagicha: Terini oqartiramiz, pudra surtamiz, rumyana ishlatilmaydi. Agar siz rasmlarga qarasangiz, bunday pardozlarda bu smoky eyes mavjudligini ko’rasiz. Lablar bo’yalmaydi yoki yengil ochroq qilinadi.

Foto — yashi rangli soya surtish

Amaliy tavsiyalar


Tabiiy materiallardan tayyorlangan mo’yqalamlardan foydalaning;
O’rgatuvchi fotosuratlar va videolarini ko’rib chiqishni unutmang;
Makiyaj qilishda yuzning turi, ko’z va lablarning shaklini inobatga oling.

Manba: Mymedic



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.