Tonal krem, konsiler va korrektorning bir-biridan qanday farqi bor?
Bugungi kunda quyuqligi, samarasiga qarab turli tonal kremlarni tanlash mumkin. Ayrim brendlar tonal kremlarni teri turi – quruq yoki yog‘liligiga mo‘ljallab ishlab chiqarmoqda.
Foto: FreepikMasalan, suv asoslisi yog‘li teri, yog‘ asoslisi esa quruq teri uchun mos. Shiseido Synchro Skin Self-Refreshing tonal kremlarida yog‘ bo‘lmagani va asosi suvdan iborat bo‘lgani hisobiga ushbu vosita istalgan teriga mos tushadi. Makiyajni terini tayyorlab olishdan boshlash kerak. Keyin tonal krem, konsiler yoki korrektor ishlatish kerak.
Konsiler tonal krem bilan solishtirganda yuqori pigmentli vosita hisoblanadi. Uni tonal kremdan biroz ochrog‘ini tanlab, ko‘z ostidagi ko‘karish va shishlarni yopish uchun ishlatish kerak. Uni faqatgina terining ma’lum qismiga, muammolarni berkitish uchungina surting. Konsiler teridagi yallig‘lanish va husnbuzarlarni tonal kremdan ko‘ra yaxshiroq yashiradi. Ammo ko‘z ostidagi teri yupqa ekani hisobiga kam miqdorda surtilmasa, yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi.
Tuzilishi jihatidan korrektor konsilerdan ko‘ra quyuqroq bo‘ladi. Korrektor teridagi kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun foydalaniladi. Teridagi muammoga qarab uning turli rangini ishlatish kerak. Masalan, yuzdagi qizarishlarni yashirishda yashil korrektor yaxshi samara beradi. Aslida, makiyajda ham ushbu prinsipdan foydalaniladi. Agar yuz terisi kulrang bo‘lsa, asos sifatida pushti rangli vositani tanlash kerak. Yashil rangga esa siyohrang ayni muddao bo‘ladi. Rangli korrektorlardan foydalanganda birinchi korrektorni, keyin esa tonal kremni surting. Agar ko‘z ostidagi teriga surtmoqchi bo‘lsangiz, avval korrektor, keyin esa konsiler surting. Ko‘karish va yuzdagi muammolar rangi qanchalik to‘q bo‘lsa, konsilerning shuncha yorqin rangini tanlash kerak. Aks holda konsiler yaxshi samara bermasligi mumkin.
Manba