Salomatlik Ayollar uchun Kiyimlarni parvarishlash va kir mashina uzoq muddat xizmat qilishida qo‘l keladigan maslahatlar

Kiyimlarni parvarishlash va kir mashina uzoq muddat xizmat qilishida qo‘l keladigan maslahatlar

O'qildi: 210


Kiyimlarni parvarishlash va kir mashina uzoq muddat xizmat qilishida qo‘l keladigan maslahatlar

Kiyim-kechaklarni yorqin, yangidek saqlash uchun ularni yuvish vaqtida shikastlanish va xiralashishdan asrash kerak. Quyidagi oddiy qoidalarga rioya qiling, narsalaringiz uzoq vaqt rangi va shaklini saqlab qoladi.

Doʻkondagi kabi taxlang

Kiyim-kechaklarni ilgichga ilganda ham, shunchaki shkaflarga joylayotgan paytda ham ularni kiyim doʻkonlarida boʻlgani kabi taxlang.

Rangi oʻchishining oldini oling

Kir yuvish mashinasiga toʻq rangli kirlarni joylasangiz, xiralashishga qarshi maxsus ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanishga harakat qiling. Bunday mahsulotlarning formulasi matolarda yorqin ranglarni saqlaydigan, suvdagi xlorid ionlarini faolsizlantiradigan moddalarni oʻz ichiga oladi. Natijada, kiyimlar yaxshi koʻrinishini uzoq vaqt saqlab qoladi. Hozirda bunday vositalarni topish qiyin emas.

Ayrim matolarni kuchli ishqalamang, qattiq siqmang

Bu qoida faqat yorliqda qoʻlda yuvilishi tavsiya etilgan barcha nozik narsalarga tegishli. Kir yuvish vositasini iliq suvga aralashtiring va buyumni bir necha daqiqaga botirib qoʻying. Qattiq ishqalash va yuvish kerak emas, chunki matoning tolalariga zarar yetkazib qoʻyasiz. Koʻpik tolalar orasidan oʻtishi uchun yengilgina siqib qoʻyish kifoya. Buvilarimiz oʻrgatganidek qattiq burash, siqish, shuningdek, kuchli suv bosimi ostida chayish matoni choʻzadi va deformatsiya qiladi.

Zararlardan uzoq tuting

  • Kiyimning ayrim qismlari: yenglar, yon bosh tomonida “katushka” paydo boʻlishi bilan ularni tozalab turing. Eng qulay variantlardan biri oddiy akkumulyatorli tozalash vositasidir.
  • Shkafda kiyim-kechaklar bir-biriga yopishib aralashib qolishining oldini olish uchun tugmachali, zanjirli va hokazolarni alohida saqlang. Bundan tashqari, ilinib qolish oson boʻlgan kiyimlar bilan oʻtkir detallar, bilaguzuk, taqinchoq va qirrali uzuklar taqmang.
  • Toʻrli kir yuvish qopchalaridan foydalaning. Har doim paypoqlar, bogʻichlarni maxsus toʻrli qopchalarga solib yuving, yoʻqsa ular yuvish jarayonida chigallashib, yirtilib ketishi mumkin.

Kir mashinasida yuvilgan mayda narsalarni unutib qoldirmang

Kir yuvilganidan keyin mashinada juda uzoq vaqt qoldirilgan narsa boʻlsa namning yoqimsiz hidi paydo boʻla boshlaydi. Unutib qoldirilgan narsani olib tashlashdan avval qoʻshimcha chayish dasturini mato yumshatkich yoki bir necha tomchi efir moyi qoʻshib boshlang.

Tanaffus qiling

Kiyimlarni yuvmaslik uchun bugʻ dasturidan foydalaning. Bu oddiy qaynatish yoki issiq suvda yuvishdan koʻra ancha yumshoqroq, kiyim-kechaklarni dezinfeksiya qiladi va yoqimsiz hidlardan xalos etadi. Agar bunday dastur boʻlmasa ham mashina quritgich bilan jihozlangan boʻlsa, faqat yuvilishi kerak boʻlgan narsalarni kir yuvish qismiga solib, barabanga nam, toza mato qoʻying. Quritish paytida bugʻ ham yoqimsiz hidlarni yoʻq qiladi.

Kir yuvish mashinangizni asrab-avaylang

Koʻpincha kukun va konditsioner boʻlinmasi tez-tez tozalab turishni talab qiladi. Vaqti-vaqti bilan siz uni chiqarib olib oqib turgan vodoprovod suvida yuvishingiz kerak. Barabanda mogʻor paydo boʻlishining oldini olish uchun har yuvishdan keyin qopqogʻini yopmang, uni quriting. Yiliga bir necha marta yuvish dasturini kirlarsiz, eng yuqori haroratda, kukun dispanseriga bir stakan stol sirkasini qoʻshib yuborgan holda yoqing.

Tennis toʻplari

Yostiqlar, koʻrpa-toʻshaklar, adyol yoki sochiqlarni yuvishda mashinaning barabaniga ikki yoki uchta tennis toʻpchasini solib qoʻying. Baraban aylanayotganda, toʻplar bir-biriga uriladi, bu esa yuvilayotgan narsalarning yumshoq va paxmoq boʻlishiga yordam beradi.

Paypoq savati

Shkafda koʻp joy boʻlmasa, yuvishdan keyin barcha paypoqlarni solib qoʻyishingiz mumkin boʻlgan savatni oling. Bu juda qulay, chunki boʻsh vaqtingizni behuda sarflab, ularni juft-juft qilib ajratishingiz shart emas. Qolaversa, yoʻqolgan paypoqni qayerdan qidirish kerakligi har doim aniq boʻladi.

Vaqtni tejang

Dazmol qilinishi kerak boʻlgan kirlar koʻp toʻplansa unda, albatta, bugʻli dazmol ishlatishingiz ancha qulaydir. Suv idishi katta boʻlgan modellarni tanlang.

Qoldiqlarni tozalang

Yodda tutingki, vaqt oʻtishi bilan dazmolning teshiklarida kuygan qoldiq va shkalalar toʻplanib, yuvilgan buyumni rasvo qilishi, jigarrang dogʻlar qoldirishi mumkin. Dazmolni muntazam tozalashga harakat qiling. Koʻrsatmalarga muvofiq — oyiga kamida bir marta. Dazmolni suv bilan suyultirilgan soda bilan tozalash mumkin. Uning ichki qismini tozalash uchun idishiga sirka solingan suv quyib, bugʻ tugmasini yoqib, 5 daqiqa davomida toza mato yoki salfetkani dazmollang. Jarayonni tugatgach, idishdagi qolgan suvni toʻkib tashlasangiz, qoldiqlar miqdori ancha kamayadi.

Kamroq gʻijim

  • Avval nozik narsalar. Maʼlumki, dazmolni isitish uchun sovitishdan koʻra kamroq vaqt kerak boʻladi. Shuning uchun, ishni yengil matolarni dazmollashdan boshlang: minimal haroratda dazmollashni paxtali matolar bilan tugating. Aks holda, mato chidamsizligi oqibatida yonib ketish xavfi bor.
  • Qattiqroq ushlang. Kiyimni yaxshiroq tekislash uchun avval etagini toʻgʻrilab oling, soʻngra oldindan toʻgʻri shakl berib, qirralarni asta-sekin bilan choʻzing.
  • Tugmalar atrofi. Nima uchun dazmol bilan taglik orasida boʻshliq boʻlishini bilasizmi?Faqat tugmalar atrofida dazmolni oson harakatlantirish uchun.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.