Salomatlik Goʼzallik Baxtsiz hodisa tufayli chiroyini yo‘qotib, qalb go‘zalligi bilan baxt topgan qizlar hikoyasi (foto)

Baxtsiz hodisa tufayli chiroyini yo‘qotib, qalb go‘zalligi bilan baxt topgan qizlar hikoyasi (foto)

O'qildi: 497


Baxtsiz hodisa tufayli chiroyini yo‘qotib, qalb go‘zalligi bilan baxt topgan qizlar hikoyasi (foto)

Ushbu hikoya qahramonlari bilan dahshatli fojialar yuz bergan. Ulardan biri olovda yongan, yana biri dushmanlari tomonidan sepilgan kislota ostida qolgan. Garchi ular tashqi ko‘rinishi, chiroyini yo‘qotgan bo‘lsa-da, qalb go‘zalligini saqlab qoldi. Natijada ular chinakam muhabbatni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Turiya Pitt

Foto: “glamour.ru”

2011-yilda avstraliyalik Turiya Pittning hayoti reja va maqsadlarga to‘la edi. Pitt universitetni tamomlab, kon muhandisligi bo‘yicha ilmiy darajani olgan. Shuningdek, model sifatida ishlayotgan Turiya seviklisi Mayklga turmushga chiqish taraddudida edi.

Foto: “glamour.ru”

Maykl va Pitt maktabda tanishgan, bu paytda ularning biri 17, ikkinchisi 14 yoshda edi. Shundan buyon ular bir-birini tark etmadi. Turiya Racing The Planet poygasining 100 kilometrlik marafonida qatnashishga qaror qilgunga qadar hammasi joyida edi.

Foto: “glamour.ru”

Afsuski, baxtsiz hodisa tufayli poygada ishtirok etayotganlar yo‘lini dahshatli tabiiy ofat – dasht yong‘ini to‘sib qo‘ygan. Turiya esa boshqa hamkasblari qatorida ofat markazida qolib ketgan.

Foto: “glamour.ru”

Natijada Turiya tanasining 64 foizi kuyishdan jarohatlandi, chap qo‘lida uch barmog‘i qoldi va o‘ng qo‘lida esa umuman barmoqsiz edi. Hatto shifokorlar uning ahvoli og‘irligidan tirik qolishiga shubhalangan.

Foto: “glamour.ru”

Turiya shifoxonada 2 yil davolandi, bu vaqt ichida u 100 dan ortiq qayta tiklovchi operatsiyalarni o‘tkazdi. Ammo uning avvalgi holatini qaytarish borasida biror gap bo‘lishi mumkin emasdi.

Foto: “glamour.ru”

Shu bilan birga Maykl Turiyani yolg‘iz qoldirmaslik uchun ishdan bo‘shadi, u politsiya xodimi edi va ikki yil mobaynida uning yonida bo‘ldi. Qiz jonlantirish bo‘limiga yotqizilganda, Maykl uning uchun nikoh uzugini sotib oldi. Turiyaning odatdagi hayotga qaytishi uchun Maykl unga juda katta yordam berdi. Turiya qanchalar kuchli bo‘lmasin, uning yangi tanasiga hamma e’tibor berar va bunga o‘rganish oson emasdi. Ammo hozirda Turiya o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Foto: Cosmopolitan

Fojia yuz berib o‘tganidan so‘ng ham Turiya sevimli mashg‘ulotini tark etmadi, u Sidneydan Uluru shahriga velosipedda olti oylik safar uyushtirdi. Bundan tashqari, Turiya shunday fojiaga duch kelgan odamlarga yordam berishga tayyor.

Foto: “wikivand.com”

Maykl turmush o‘rtog‘i haqida shunday deydi: “Turiya odamlarning unga achinishini istamaydi, u chiroyli va ajoyib qalb egasi. U hamisha o‘z hayotida yashashni xohlaydi: sayr qilishni, okeanni, faollikni yaxshi ko‘radi. Turiya chindan ham tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada kuchga ega. Biz, albatta, birgamiz. U hali ham o‘sha-o‘sha Turiya, faqatgina terisi biroz o‘zgargan”.

Foto: “glamour.ru”

2015-yil 21-iyulda juftlik o‘zining nikoh to‘yi haqidagi xabarni e’lon qildi. 2017-yil dekabrda ularning oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi.

Tatyana Voronina

Foto: “beztabu.net”

Ukrainaning Kiyev shahrida yashovchi Tatyana Voronina 18 yoshida dahshatli fojiani boshdan kechirdi. Voqea Tatyananing unga telbalarcha oshiq bo‘lgan yigitning sevgisini rad etishidan boshlangan. Ammo aqldan ozgan rashkchi yigit qasos olish niyatida uning yuziga oltingugurt kislotasini sepib yubordi. Tatyana mo‘jizaviy tarzda omon qoldi.

Foto: “beztabu.net”

Tatyana 10 yil davomida dahshatli chandiqlar bilan yashashga majbur bo‘ldi. Bu orada o‘tkazilgan 15 dan ortiq qayta tiklash operatsiyasi uning avvalgi go‘zalligini qaytarib bermadi. Ba’zilari esa muvaffaqiyatsiz tarzda tugab, qizning ahvolini yanada yomonlashtirdi.

Foto: “beztabu.net”

2016-yil Tatyana Ukrainaning “Menga go‘zallikni qaytarib bering” televizion loyihasida ishtirok etdi va uning tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Albatta, uning yuzini butunlay qaytarish mumkin emasdi, ammo muvaffaqiyatli operatsiyadan so‘ng qizning o‘ziga ishonchi ortdi va hayotga qaytishga kuch topa oldi.

Foto: “beztabu.net”

Dastur namoyishidan bir necha oy o‘tib, Tatyana ijtimoiy tarmoqda Andrey ismli yigit bilan tanishdi. Yigitning qo‘llab-quvvatlashlari tufayli Tatyana o‘zini yanada yaxshi his qila boshladi. Oradan 10 oy o‘tib juftlik oila qurishga qaror qildi.

Foto: “beztabu.net”

Lalita Ben Bansi

Foto: “ewords.in”

2012-yilda amakisinikiga to‘yga borgan Lalita ukasi va amakisining o‘g‘li o‘rtasidagi tortishuvga guvoh bo‘ladi. So‘ngra ularning janjalini to‘xtatish maqsadida yuziga tarsaki tushirib, ajratib qo‘yadi. Oradan vaqt o‘tib Lalita bu voqeani unutib yuboradi. Ammo qasoskor amakivachcha Lalitaning to‘yiga 15 kun qolganida bir tarsaki uchun uning yuziga kislota sepib yuboradi.

Foto: “ewords.in”

Vijdonsiz qarindoshning qasosi tufayli yangi hayot ostonasida turgan kelin 17 marta qayta tiklash operatsiyalarni o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Afsuski, bu urinishlar qizning oldingi ko‘rinishini qaytarib berolmadi. Shuningdek, kuyov ham uning ayanchli ahvoli tufayli uylanishdan voz kechdi. Qiz esa o‘z muammolari qarshisida yolg‘iz qolishga majbur bo‘ldi.

Foto: “ewords.in”

Hayotidan yangilik kutishni to‘xtatib qo‘ygan Lalita endi hammasi avvalgidek bo‘lmasligiga ishongan edi. Ammo to‘satdan adashib terilgan telefon raqami uning olamida keskin burilish yasadi. Terilgan noto‘g‘ri raqamga Ravi Shankar Singx ismli yigit javob berdi va suhbat qiziq kechganligi tufayli munosabatlar iliqlasha boshladi.

Foto: “ewords.in”

Oradan ko‘p o‘tmay  Lalita yigitga o‘zi bilan bo‘lib o‘tgan voqea haqida batafsil aytib berdi.(Hindistonda yiliga taxminan 1000 kishi bu kabi hujumlarning qurboniga aylanadi). Ammo bu voqea yigitni umuman tashvishlantirmadi.

Foto: “ewords.in”

“Ko‘pgina juftliklar tashqi ko‘rinishga qarab oila quradi, keyinchalik ajrashadi. Menga esa Lalitaning yuzi ahamiyatsiz. Asosiysi, u yaxshi inson. Xudo bizga umrbod baraka berishini istayman”, − deydi Ravi. Ularning nikoh to‘yiga ko‘plab Bollivud yulduzlari tashrif buyurdi.

Foto: “ewords.in”





Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.