Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Djinsi kiyimda yog‘ dog‘larining paydo bo‘lishi yoqimsiz holat. Albatta, buning uchun ularni tashlab yuborib bo‘lmaydi. Kiyimlarni avvalgidek ko‘rinishi uchun Wday nashri bir nechta tavsiyalar berib o‘tdi.
Foto: WdayDog‘ paydo bo‘lgandan so‘ng darhol amalga oshiriladigan operativ choralar
Bunday vaziyatda asosiy qoida — bu tezlik. Dog‘ paydo bo‘lganidan keyin qancha ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, uni ketkazish shunchalik qiyin bo‘ladi. Yog‘ matoga singib ketmaguncha ishga kirishish muammoni osongina bartaraf etishga yordam beradi.
Shuning uchun djinsiga yog‘ to‘kilganda, uni darhol oddiy qog‘oz salfetka yoki sochiq bilan artib qo‘yish tavsiya etiladi. Qog‘oz yog‘ning ko‘p qismini shimib oladi, bu esa kerakli mahsulotlar yordamida tozalashni osonlashtiradi.
Ko‘pincha bu kabi muammo biror ziyofatdan keyin paydo bo‘ladi. Odatda o‘sha vaqtning o‘zida dog‘ yuzasiga tuz sepish tavsiya etiladi. Ushbu usulning samaradorligi pastroq, chunki tuz yog‘ning ko‘p qismini o‘zlashtirmasdan parchalanadi.
Maxsus vositalar yordamida uy sharoitida yog‘ dog‘larini tozalash
Yog‘ning asosiy qismini salfetka, sochiq va tuz bilan tozalagandan so‘ng yuzada qoladigan dog‘ni ketkazish uchun quyidagi usullardan birini qo‘llash mumkin. Ushbu usullarning har birini bajarish oson.
Maxsus vositalar sifatida foydalanish mumkin:
- Fairy;
- benzin;
- Vanish;
- Antipyatin sovuni.
Ikkinchi variant benzindan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Dog‘ga oz miqdorda(bir necha tomchi)vosita qo‘llanilishi kerak, 5-10 daqiqaga qoldiriladi, keyin darhol yuviladi. Shundan so‘ng kir yuvish mashinasida qo‘shimcha chayish rejimini tanlash tavsiya etiladi. Sevimli kiyimlarning rangi uchun qo‘rqmaslik kerak, benzin o‘zidan keyin dog‘ qoldirmaydi.
Uchinchi usulda Vanish kabi kir yuvish vositasidan foydalaniladi. Mahsulot ifloslangan matoga qo‘llaniladi, chuqurroq ta’sir qilish uchun 15-20 daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra oddiy yuviladi.
To‘rtinchi usul — Antipyatin sovunidan foydalanish. Ushbu sovun barcha turdagi matolardagi yog‘ni ketkazishga qodir. Dog‘li joy yaxshilab ko‘piklanadi va yuviladi, yana ko‘piklab, 20 daqiqa ushlab turiladi. Shundan so‘ng djinsi odatdagi tarzda yuviladi.
Uy sharoitida djinsi shimlardan dog‘larni qanday tozalash mumkin?
Yog‘ dog‘ini olib tashlashning yana bir oson usuli — tuzdan foydalanish. To‘g‘ri, tuz dog‘ni butunlay ketkaza olmasa-da, uning rangini biroz ko‘rimsiz holga keltiradi. Ushbu vositadan foydalanganda harakatlar ketma-ketligi muhim ahamiyatga ega: tuz qalin qatlam qilib dog‘ yuzasiga sepiladi va u 3-5 daqiqa kutiladi. Keyin yana tuz sepiladi, jarayon bir necha marta takrorlanadi.
Iste’mol sodasi ham xuddi shu prinsip bo‘yicha ishlaydi, u dog‘ga qo‘llanilishi, keyin esa qog‘oz salfetka qo‘yilib, ustidan dazmollanishi kerak. Issiq muolajadan so‘ng, djinsi kir yuvish mashinasida yuviladi.
Dog‘larga qarshi kurashda spirt va sirka ham yordamga keladi. Birinchi, salfetkani eritma bilan namlash, uni ozgina siqish va dog‘ ustiga qo‘yish kerak.
Yarim soatdan keyin dog‘li joy yumshaydi va salfetkaga qisman singib ketadi, shundan so‘ng djinsini yuvish kerak. Sirkadan foydalanganda uni teng nisbatda suv bilan aralashtirish va djinsini eritmada 30 daqiqa davomida namlash uchun qoldirish lozim, so‘ngra kiyim odatdagi tarzda yuviladi.
Manba