Salomatlik Ayollar uchun Hammomni mukammal tozalashga yordam beradigan 8 ta tavsiya

Hammomni mukammal tozalashga yordam beradigan 8 ta tavsiya

O'qildi: 338


Hammomni mukammal tozalashga yordam beradigan 8 ta tavsiya

Hammomda tozalikni saqlash katta kuch talab qiladi — quvurlarning tiqilib qolishi, vannaning sarg‘ayishi. Ushbu muammolarning tez va samarali yechimi bor va ularga ko‘p pul sarflash shart emas, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Oynadagi bug‘ dog‘lari

Uy sharoitida tayyorlanadigan aralashmalar ham qimmatbaho shisha tozalagichlar kabi oynadagi dog‘larni tozalash vazifasini bajaradi. Buning uchun vodorod perekis va iste’mol sodasi teng qismlarda aralashtiriladi, eritma oynaga qo‘llanadi va toza mato bilan yaxshilab artib olinadi. Yoki soqol olingandan keyin teriga surtiladigan kremdan ham ishlatish mumkin. Bu nafaqat ko‘zgularni porlatadi, balki keyingi safar issiq dush qabul qilganda bug‘ning oqishini ham oldini oladi.

Vanna

Vannani dezinfeksiyalash va uni dog‘lardan tozalash uchun 0,5 stakan sirka, 1 stakan spirt va 0,25 stakan suv aralashtiriladi. Olingan aralashma bir litr iliq suvda suyultiriladi. Eritma vannaning butun yuzasiga sepiladi, 15 daqiqaga qoldirib, keyin yaxshilab yuvib tashlanadi.

Unitaz

Unitazni tozalash uchun og‘iz chayish vositasi yoki tish pastasi bilan suvdan foydalanish mumkin. Uni unitaz yuzasiga qo‘llash va 30 daqiqaga qoldirish lozim, keyin cho‘tka bilan yaxshilab ishqalanadi va suv bilan yuviladi.

Kafel

Kafellardan dog‘lar va suv bug‘lari izini suyuq oqartiruvchi, og‘iz yuvish vositasi yoki tish pastasiga botirilgan mato bilan artib, osongina tozalab olish mumkin. Bunday tozalashdan so‘ng kafel yangi holatga qaytadi.

Zang

Zangdan qutulish siz o‘ylagandan ham ko‘ra osonroq. Shunchaki zararlangan joylarga tuz sepiladi, keyin limon sharbatini siqib olinadi. Kislota zangni eritishga yordam beradi, tuz esa kirni o‘zlashtiradi. Vosita bir kechaga qoldiriladi, ertalab esa sirt suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi.

Shift

Hammom shiftini chang va dog‘lardan tozalash uchun sirka va iliq suv 1: 1 nisbatda aralashtiriladi. Eritmani mato bilan qo‘llanadi va sirt yengil artib olinadi. Tozalashdan oldin ko‘zoynak taqishni unutmaslik kerak.

Dush pardasi

Xlorni o‘z ichiga olgan 500 ml universal yuvish vositasi va 2 choy qoshiq idish yuvish vositasi aralashtiriladi. Aralashma pardaning butun yuzasiga qo‘llanadi, bir necha daqiqa kutiladi va suv bilan yuviladi. Natijada parda yangi holatiga qaytadi.

Mog‘or

Hammomda mog‘or paydo bo‘lishi tabiiy holat. Mog‘or bosgan joylarni oqartiruvchi eritma bilan tozalash mumkin(1:10 nisbatda). Zamburug‘ o‘sishini ammiak va sirka 1: 1 aralashmasi bilan ham ketkazish usuli bor. U qattiq cho‘tka bilan muammoli joylarga qo‘llanadi, 15 daqiqaga qoldiriladi va keyin soda eritmasi bilan yuviladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.