Salomatlik Ayollar uchun Oq rangli kiyimlardan dezodorant dog‘larini qanday tozalash kerak?

Oq rangli kiyimlardan dezodorant dog‘larini qanday tozalash kerak?

O'qildi: 445


Oq rangli kiyimlardan dezodorant dog‘larini qanday tozalash kerak?

Qo‘ltiq ostidagi sariq dog‘lar sevimli kiyimni tashlash yuborish uchun sabab emas. “Noviy ochag” nashri uy sharoitida ularni tez va oson tozalash usuli bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Sizga kerak bo‘ladi:

  • 1 stakan sirka;
  • 0,5 stakan iste’mol sodasi;
  • 1 choy qoshiq tuz;
  • 1 choy qoshiq vodorod periks

Foto: “Noviy ochag”

Ko‘rsatma

Foto: “Noviy ochag”

Aksariyat odamlarning fikriga ko‘ra, kiyimdagi sariq dog‘lar ter izlariniki hisoblanadi. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri — ular alyuminiyni o‘z ichiga olgan antiperspirantni qo‘llashdan keyin terida yuzaga keladigan reaksiya natijasida hosil bo‘ladi. Kiyimlarning asl oqligini qaytarish uchun ularni sirka eritilgan suvda 20 daqiqa davomida namlash lozim(2 stakan iliq suvga 1 stakan sirka nisbatida).

Foto: “Noviy ochag”

Kiyim yaxshilab siqib olinadi va u toza sochiq ustiga qo‘yiladi. Sarg‘aygan matoga iste’mol sodasi, tuz va vodorod periks pastasi qo‘llanadi. U 20-30 daqiqaga qoldiriladi.

Foto: “Noviy ochag”

So‘ngra kir yuvish mashinasida ushbu kiyim boshqa oq liboslar bilan birga yuviladi va dog‘lar izi qolmaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.