Salomatlik Ayollar uchun Qaychini o‘tkirlash, issiq choyni tez sovitish va ro‘zg‘or uchun foydali oddiy layfxaklar

Qaychini o‘tkirlash, issiq choyni tez sovitish va ro‘zg‘or uchun foydali oddiy layfxaklar

O'qildi: 427


Qaychini o‘tkirlash, issiq choyni tez sovitish va ro‘zg‘or uchun foydali oddiy layfxaklar

Odatda soddagina ko‘ringan uy ishlari ham ko‘p vaqt oladi. Aksariyat odamlar esa ularni bajarishga ulgurmaydi. “Noviy ochag” nashri uy ishlarida foydali bo‘lgan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Choyni qanday sovitish kerak?

Ko‘pincha biror joyga otlanganda choyning juda issiqligidan uni ichishga vaqt yetmaydi. Ammo uni tezda sovitishning imkoni bor. Buning uchun osh qoshiqlar yordam beradi. Bir stakan qaynoq choyga bir nechta qoshiq solinadi va suyuqlik tezroq soviydi. Ushbu usulni issiq sho‘rvalarni sovitishda ham qo‘llash mumkin, ammo qoshiqlarni yuvish ko‘proq vaqt oladi.

Eslatma daftar

Chiqindini o‘z vaqtida tashlab kelish, poyabzalni ta’mirlashga berish va kerakli mahsulotlarni sotib olishni unutmaslik uchun uy eshigiga ikki tomonlama lenta yordamida eslatma daftarini yopishtirish kerak. Eslatmalar ko‘zga ko‘rinib turadi va ish bajarilgandan so‘ng varaqni yirtib tashlash va ro‘yxatni yangilash mumkin.

Stakanlardagi dog‘

Ko‘pincha o‘z vaqtida yuvilmagan stakanlarda jigarrang dog‘ paydo bo‘ladi. Ularni tozalash uchun iste’mol sodasi yordamga keladi. Ammo iste’mol sodasi bo‘lmasa, stakanni kefir bilan to‘ldirish va 10-15 daqiqaga qoldirish tavsiya etiladi. Natijada dog‘dan asar ham qolmasligiga amin bo‘lasiz.

Ingichka hajmdagi idishlar

Guruch ingichka idishlarni tozalashga yordam beradi. Guruch idishga solinib, biroz idish yuvish vositasi quyiladi va yaxshilab silkitiladi. So‘ngra idish oddiy suvda chayiladi, natijada yangidek ko‘rinish hosil qiladi.

Qaychini o‘tkirlash

Agar qaychi o‘tmaslashib qolsa, ularni ustaxonaga olib borish shart emas. Ular bilan najdak qog‘ozini kesib ko‘rish tavsiya etiladi, lekin uyda bunday qog‘oz yo‘q bo‘lsa, uni oddiy folga bilan almashtirish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.