Salomatlik Ayollar uchun Har kuni noto‘g‘ri amalga oshiriladigan 9 ta kundalik odat

Har kuni noto‘g‘ri amalga oshiriladigan 9 ta kundalik odat

O'qildi: 376


Har kuni noto‘g‘ri amalga oshiriladigan 9 ta kundalik odat

“Noviy ochag” nashri tuxum tozalash, telefonni quvvatlash kabi odatiy yumushlarni oson hamda tez bajarish usullari bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Qanday qilib kalitlarni chalkashtirib yubormaslik mumkin?

Foto: “Noviy ochag”

Kalitlarni turli xil rangdagi lak bilan bo‘yash tavsiya etiladi. Agar kalitlar ko‘p bo‘lsa va qaysi rang qaysi qulfga mos kelishini eslab qolish qiyin bo‘lsa, qulflar va kalit teshiklariga lak bilan rangli belgilar qo‘yish mumkin.

Oziq-ovqatlarni yopiq holda saqlashning qanday usuli mavjud?

Foto: “Noviy ochag”

Ko‘pincha mahsulotlar namlikni(masalan, pechenye)yoki hidni o‘zlashtirib olmasligi kerak. Bunday vaqtda havo o‘tkazmaydigan idishlarga ehtiyoj yo‘q, faqat plastik butilkaning bo‘yni va qopqog‘ini kesib olish kifoya. Bunday qadoqlash hatto poyezd yoki samolyotda uzoq safarga ham bardosh beradi.

Tuxumni qanday qilib tez tozalash mumkin?

Foto: “Noviy ochag”

Tuxum qaynatiladigan sovuq suvga bir osh qoshiq iste’mol sodasini qo‘shish tozalash jarayonini oddiy va tez amalga oshishiga yordam beradi.

Lab bo‘yog‘ini o‘chirish mumkinmi?

Foto: “Noviy ochag”

Buning uchun soch uchun mo‘ljallangan lak lab bo‘yog‘i dog‘iga sepiladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Keyin dog‘ gubka bilan artib olinadi va odatdagidek yuviladi.

Ichimliklarni qanday sovitish kerak?

Foto: “Noviy ochag”

Muz va suv 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Har bir litr suv uchun 2 osh qoshiq tuz qo‘shiladi. Shishalar muzli suvga solinadi, shunda ular to‘liq qoplanadi. Ikki daqiqadan so‘ng ichimlik 10 daraja sovuq bo‘ladi.

Mikroto‘lqinli pechda makaronni qanday tezda isitish mumkin?

Foto: “Noviy ochag”

Aslida, suyuq sous bo‘lmagan har qanday taomni shunday istish kerak. Uni isituvchi plastinka ustiga qo‘yish mumkin emas, chunki taomni o‘rta qismi isimaydi. Shunchaki taomni aylana shaklida tezroq isitish mumkin.

Qanday qilib pashshalardan ichimliklarni himoyalash kerak?

Foto: “Noviy ochag”

Oddiy keks qoliplar yoki qahva idishi filtrlari piknikda ichimliklarni hasharotlardan himoya qiladi.

Rakvina tagini qanday tezda tozalash mumkin?

Foto: “Noviy ochag”

Dush pardasi ilinadigan moslamani rakvinaning tag qismiga joylashtirib, barcha ilish mumkin bo‘lgan jihozlarni osib qo‘yish mumkin. Natijada barcha narsa tartibli turadi.

Smartfonni tezda quvvatlantirish uchun layfxak

Foto: “Noviy ochag”

Uni “uchish” rejimiga qo‘yish yoki o‘chirish tavsiya etiladi. Mobil telefon energiyani yangilanishlarga, tarmoqni qidirishga va hokazolarga sarflamaydi va tezroq quvvat oladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.