Salomatlik Ayollar uchun Djinsi kiyimlarni qanday qilib to‘g‘ri dazmollash kerak?

Djinsi kiyimlarni qanday qilib to‘g‘ri dazmollash kerak?

O'qildi: 433


Djinsi kiyimlarni qanday qilib to‘g‘ri dazmollash kerak?

Yaxshi sifatli djinsi shimlar bir necha yillar davomida egasiga xizmat qilishi mumkin. Ammo buning uchun yuvish, quritish va dazmollash qoidalariga diqqat bilan rioya qilish kerak.

Foto: Wday

Djinsi kiyimlarni dazmollash kerakmi?

Ko‘pgina djinsi shimlar ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ularni dazmollashning hojati yo‘q: yuvilgandan keyin qattiq paxta mato quritish paytida o‘zini mukammal darajada tekislaydi va deyarli g‘ijim bo‘lmaydi. Ammo buning uchun djinsi kiyimlarni yuvish qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak:

  • djinsi shimlar 40°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda yuvilishi kerak;
  • 600 darajadan oshmaydigan tezlikda siqish yoki umuman siqmaslik;
  • to‘g‘ril shaklda — uni ichki tomoni bilan belbog‘idan osib qo‘ygan holda quritish kerak.
Agar ushbu uchta qoidadan biri buzilsa, djinsi kiyimlar g‘ijim ko‘rinadi va ularning tashqi ko‘rinishini faqat dazmol yordamida tiklash mumkin.

Bundan tashqari, yuvilgan djinsi shimlar qattiq bo‘ladi. Kiyganda, ular bir necha soat ichida g‘ijim bo‘ladi, ko‘pchilik bu ko‘rinishni yoqtirmaydi. Issiq dazmol bilan ishlov berish orqali ular ancha yumshaydi.

Denim matoli kiyimlarni qanday dazmollash kerak?

Djinslarni to‘liq qurigunga qadar dazmollash yaxshidir: biroz nam matoni tekislash ancha oson bo‘ladi. Denimni teskari tomondan dazmollash kerak, aks holda qutulish juda qiyin bo‘lgan dazmol izlari qolishi mumkin.

Yupqa yozgi djinsilarni o‘rtacha yuqori haroratda dazmollash mumkin, ammo agar qalin denimdan qilingan klassik djinsi bo‘lsak, dazmolni maksimal darajaga qo‘yish va bug‘dan foydalanish kerak bo‘ladi.

Djinslarni dazmollashdan oldin mahsulot yorlig‘idagi ma’lumotlar o‘qiladi. Ushbu turdagi mato uchun tavsiya etilgan harorat u yerda ko‘rsatilgan bo‘ladi.Dazmollashdan oldin djinsi to‘g‘rilanib, har bir qismi alohida dazmollanadi. Ularni yupqa, nam paxta mato, doka yoki dazmollash uchun maxsus to‘rli matolar orqali dazmollash yaxshiroq.

Dazmol taxtasining g‘ilofi

Dazmol taxtaning ishlash muddatini uzaytirish va narsalarning tiqilib qolmasligi uchun unga maxsus himoya g‘ilofini olish tavsiya etiladi.

Djinsi kiyimlarning cho‘ntak qismi yaxshi tekislanishi uchun u yerni mato bilan to‘ldirib, masalan, ro‘molcha solib, dazmol qilish mumkin. Shundagina dazmol g‘ijimlarni butunlay bartaraf etadi. Shuningdek, dazmol qilingan djisini darhol kiyib olish tavsiya etilmaydi, aksincha, kiyim biroz qurishi kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.