Salomatlik Ayollar uchun Shampun, folga va kiyimlarni yuvishda kerakli bo‘lgan boshqa 8 ta kutilmagan vosita (foto)

Shampun, folga va kiyimlarni yuvishda kerakli bo‘lgan boshqa 8 ta kutilmagan vosita (foto)

O'qildi: 374


Shampun, folga va kiyimlarni yuvishda kerakli bo‘lgan boshqa 8 ta kutilmagan vosita (foto)

Kirlarni toza yuvish nafaqat suv va kir yuvish kukuni bilan bog‘liq. Kiyimlarni tartibga solishda yordam beradigan yana 10 ta yordamchi vosita mavjud. Shuningdek, kir yuvish mashinalari ham muntazam dezinfeksiyaga muhtoj, sababi uning ishlash jarayonida qanchalab chang va zararli bakteriyalar to‘planib boradi.

Foto: Beauty

Og‘iz chayish vositasi

Kir yuvish mashinasini tezda tozalashning samarali usuli − bu og‘iz yuvish vositasidir. Suyuq kir yuvish vositasiga yarim stakan og‘iz chayish suyuqligi quyiladi va mashina to‘liq ishlatiladi. Natijada kutilgan tozalik hosil bo‘ladi.

Foto: VichyFolga qog‘ozi

Alyumin kuchlanishni pasaytiradi va quritish vaqtini qisqartiradi. Agar yubka yoki ko‘ylakning etak qismi oyoqlarga yopishsa, g‘ijimlangan folga qog‘ozini barabanga solish tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Jun ip

Ba’zi uy bekalarining fikriga ko‘ra, agar quritgichga bo‘yalmagan jun iplari  to‘pi qo‘yilsa, kirlar juda yumshoq bo‘ladi. Ular ayniqsa, och rangdagi kiyimlarga ajoyib ko‘rinish beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Muz bo‘laklari

Bekajonlar uchun yana bir topilma. Kiyimlar haddan ortiq g‘ijim bo‘lmasligi uchun ular bilan birga bir necha muz bo‘lagi solinishi kerak. Faqat kirlar miqdorini kamaytirish tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Suzgich

Juda nafis kiyimlarni zarar bermasdan qanday siqish mumkin?Bunga oddiygina suzgich yordamga keladi. Ular orqali yengil kiyimlarni suvini quritish va keyin osib qo‘yish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Efir moylari

Efir moylari qimmatbaho konditsionerni o‘rnini bosa oladi. Kir yuvish vaqtida  efir moyidan bir necha tomchi tomizgandan so‘ng uzoq vaqt davomida yoqimli hid taralishi mumkin.

Foto: Pinterest

Qahva va choy

Qahva va choy xiralashgan matolarning asl rangini qaytarishga yordam beradi. Yuvish vaqtida vositaga yangi tayyorlangan qahvadan ikki stakan yoki achchiq choy qo‘shish kerak. 30-40 daqiqa mobaynida kirlar suyuqlik ichida qolish kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Kir va bo‘yoq uchun tuzoq(lovushki)

Endi oppoq kiyimlarni ham boshqa ranglar bilan aralashtirib yuvish mumkin. Buning uchun och rangdagi kiyimlarni bo‘yoqlardan saqlaydigan “lovushki”dan foydalanish kifoya qiladi.

Buning uchun bir stakan suvga 1 choy qoshiq iste’mol sodasi solinadi. Eritmaga har qanday oq mato yoki salfetka solinadi. Suyuqlikni o‘ziga yaxshilab shimdirganidan so‘ng quritishga qo‘yiladi. Keyin kir yuvish mashinasiga kiyimlar bilan birgalikda solinadi.

Foto: “chistodoma.com”

Soch balzami

Ushbu kosmetika har qanday matoni tekislaydi. 0,25 stakan mahsulot iliq suvda eritiladi va kiyimlarga quyiladi. So‘ngra odatdagidek chayib, quritishga qo‘yiladi.

Foto: “wlooks.ru”

Shampun

Shampun va idish yuvish vositasi ko‘ylak yoqasidagi kirlarni darhol tozalaydi. Buning uchun mahsulotni kerakli joylarga quyiladi va 15 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra kiyim iliq suv bilan yuviladi.

Foto: “wlooks.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.