Muzlatkichdagi yoqimsiz hid bilan kurashishning 7 ta samarali usuli
Muzlatkich eshigi ochilganda, turli xil mahsulotlarning aralashib ketgan yoqimsiz hidi har qanday odamning ishtasini bo‘g‘ishi tabiiy. “Noviy ochag” nashri ushbu muammoni bartaraf etishda yordam beradigan 7 ta samarali usul bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Ikki marta qadoqlashdan foydalaning
Aksariyat yoqimsiz hidlar muzlatkich devorlariga o‘rnashb oladi. Shuning uchun piyoz, pishloq, sarimsoq, baliq konservalarini faqat idishlarda emas, balki qo‘shaloq qadoqda yoki folga ichida saqlash kerak.
Muzlatkichni har hafta tekshiruvdan o‘tkazing
Muzlatkichda saqlanadigan mahsulotlarning yaroqlilik muddatini ko‘rib chiqish zarur: sharbatlar, kolbasa, sut. To‘kilgan mahsulotlar esa qurimasdan avval darhol artib olinishi zarur. Iste’mol sodasi yoki idish-tovoq yuvish vositasi bilan namlangan gubkada tozalash hidni bartaraf etishga yordam beradi.
Profilaktika yoki davolash
Muzlatkich javonida ochiq iste’mol soda qutisini qoldirish hidlarni mukammal darajada o‘zlashtiradi va ularning tarqalishining oldini oladi. Ammo uni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirish kerak, chunki uning resursi cheksiz emas. Agar u barcha hidlarni o‘ziga singdirmasa, muzlatkichni yuvish va eshiklarini 24 soat davomida ochiq holda ventilyatsiya qilish vaqti kelgan.
Muzlatkichga issiq ovqat qo‘ymang
Pishirilgan taomni muzlatkichga qo‘yishdan avval har doim oshxonada kamida ikki soat davomida sovitish kerak. Agar issiq taomlar muzlatkichga qo‘yilsa, bu nafaqat yuqori haroratda muzlatkichni ortiqcha ishlash xavfini tug‘diradi, balki taomning o‘ziga ham zarar yetishi mumkin. Bunga ayniqsa sut va sut mahsulotlari kiradi.
Suvi chiqishi mumkin bo‘lgan hamma narsani idishlarga soling
Go‘sht, suvli sabzavotlar, tuzlangan karam va boshqa shu kabi narsalarni konteynerlarga solib qo‘yish tavsiya etiladi. Chunki ularning ma’lum muddatdan keyin suvi chiqib, boshqa mahsulotlarga oqishi hamda muzlatkichda yoqimsiz hid qoldirishi mumkin.
Muz qoliplarini tez-tez tozalang
Ularni tez-tez yuvish kerak, chunki ishlab chiqarilgan plastmassa ham, ulardagi muz ham muzlatkichning hidini faol ravishda o‘zlashtiradi. Muz bo‘laklarini bir necha kundan ortiq saqlamaslik lozim, shunda ichimlikni hid bilan buzish xavfiga duch kelmaslik mumkin.
Mutaxassislarni chaqiring
Agar hamma narsani sinab ko‘rilsa ham doimiy hid saqlanib qolsa, xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga murojaat qilish kerak. Muzlatkichning ichki qismida biror nosozlik yuz bergan bo‘lishi mumkin, bu holda uy sharoitida undagi hidni bartaraf etish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun oxirgi chora sifatida mutaxassisga murojaat etish tavsiya etiladi.
Manba